Angola sobiq prezidentining qizi, Afrikaning eng boy ayoli Izabel duş Santuş tuğilganidayoq Rossiya fuqaroligiga ega bölgan. Bu haqda Rossiya IIVga tayanib «RIA Novosti» xabar qildi.

«Mazkur şaxs Rossiya fuqaroligini olmagan, çunki unda fuqarolik ilgaritdan bölgan», — deyiladi xabarda.

Avvalroq qator OAV duş Santuş Angolada öziga nisbatan jinoiy iş boşlanganidan keyin Rossiya fuqaroligini olgani töğrisida xabar tarqatgandi. 

U TASS muxbiri bilan suhbatda unda azaldan Rossiya fuqaroligi bölganini ma'lum qildi.

«Men tuğiliboq Rossiya fuqarosi bölganman», — dedi u.

Angola sudi Izabel duş Santuşga nisbatan ötgan yil oxirida iş qözğatgandi. 31 dekabr kuni uning va turmuş örtoğining hisobraqamlariga taqiq qöyildi. Angola boş prokuraturasining ta'kidlaşiça, u davlat ğaznasiga 1 mlrd dollardan ortiq zarar keltirgan şubhali operatsiyalarni amalga oşirişda gumon qilinmoqda.

Duş Santuş 2016–2017 yillarda Angoladagi eng yirik Sonangol davlat neft kompaniyasini boşqargan, rahbarlikdan böşagaç esa mamlakatni tark etgan. Exspresso gazetasining yozişiça, u turmuş örtoği Sindika Dokolo bilan birga Dubayga köçib ötgan.

Izabel duş Santuş 1973 yilda Bokuda Joze Eduardu duş Santuş va penzalik Tatyana Kukanova (hozirda Britaniya fuqarosi) oilasida dunyoga kelgan. Uning otasi 1979 yildan 2017 yilgaça Angolaga prezidentlik qilgan. 

Forbes jurnali ma'lumotiga köra, Izabel duş Santuşning boyligi 2,2 mlrd dollar bölib, u Afrikaning eng boy ayoli hisoblanadi. 

Duş Santuş Rossiya fuqarosi ekanligi inobatga olinadigan bölsa, u rossiyalik eng boy ayol ham hisoblanadi. Forbes ötgan yili Moskva sobiq merining sobiq rafiqasi Yelena Baturinani Rossiyaning eng boy ayoli deb topgandi (1,2 mlrd dollar).