Ma'lumki, respublika oliy ta'lim muassasalarida joriy öquv yilidan boşlab barça talabalar uçun bir xil bölgan – 400 ming sömlik stipendiya belgilandi. Respublika oliy ta'lim kengaşi a'zosi, huquqşunos hamda bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyev özining telegram kanaliga joylagan xabarida bir xil stipendiya tölaşga hozirça hukumatning haqqi yöqligi, talabalar bilan ötgan tört oy uçun (2019 yil sentyabr-dekabr) qayta hisob-kitob qilinişi kerakligini aytgan.
Bugungi kunda talabalarga stipendiya tölaş tizimi 2004 yil 10 martda tasdiqlangan hamda Adliya vazirligidan 1339-son bilan röyxatdan ötkazilgan Yöriqnoma bilan tartibga solinadi. Uşbu Yöriqnomaning 3-bandida talabalarga tabaqalangan koeffitsiyentlarni qöllaş orqali stipendiya tölaş belgilangan.
Uşbu Yöriqnomaga hozirça özgariş kiritilgani yoxud mazkur Yöriqnomaning amal qiliş muddati töxtatib turilgani yöq.
«Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida»gi Qonunning 35-moddasi hamda «Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlaş va qabul qiliş qoidalari»ning 120-bandiga binoan, normativ-huquqiy hujjatning yoki uning qismining amal qilişi uni qabul qilgan organ yoxud uning yuqori turuvçi organi tomonidan muayyan muddatga yoki muayyan hodisa yuz berguniga qadar töxtatib turilişi mumkin va bu tegişli idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan amalga oşiriladi.
Hozirgaça yuqoridagi Yöriqnomaning amal qilişi töxtatib qöyilgani yöq yoki şunga oid birorta idoraviy normativ-huquqiy hujjat qabul qilinmadi (e'lon qilinmadi, röyxatga olinmadi).
Unda sentabr oyidan barça talabalarga bir xil 400 ming söm stipendiya tölandi-ku, bu qanday huquqiy asosga ega edi? Heç qanday!
Şunçaki, Moliya vaziri örinbosari O.Isoqov hamda Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri örinbosari S.Buzrukxonovning OTM rektorlariga yöllagan qöşma xatini kördik, xolos. Öşa xatda stipendiya tölaş tartibiga özgariş kiritilayotgani sababli 1 sentyabrdan hammaga 400 ming söm stipendiya (va yana boşqa qoidalar asosida) tölaşni ta'minlaş söralgan.

Vaholanki, uşbu xat asosida amalda öz kuçida bölib turgan Yöriqnomadagi tabaqalaştirilgan stipendiya tölaş tartibini inkor qilib, barçaga bir xil stipendiya tölaş – noqonuniy edi! Vazir örinbosarlarining xati normativ-huquqiy hujjat hisoblanmaydi va amaldagi NHHni töxtatib turiş, boşqa yangi qoidalar belgilaşga ularning haqqi yöq.
















