Bi-bi-si xabariga köra, uçraşuvda Harrining otasi bölmiş Uels şahzodasi Çarlz hamda akasi, valiahd şahzoda Uilyam ham iştirok etadi.
Şahzoda Harrining rafiqasi Megan ayni vaqtda Kanadada va agar imkoni topilsa, u ham telefon aloqasi orqali uçraşuvda iştirok etişi mumkin.
Avvalroq şahzoda Harri va rafiqasi qirollik oilasi a'zolari sifatidagi majburiyatlaridan voz keçmoqçi ekanliklarini bildirişgandi. Ular bu qarorni qiroliça va qirollik saroyi bilan kelişmasdan qabul qilişgan.
Duşanba kungi uçraşuv Norfolkdagi qasrda ötkaziladi, saroydagilar, bu uçraşuv gersog va gersoginya Sassekslarning qirollik oilasi bilan yangi munosabatlar yaratiş uçun yordam berişiga umid qilişmoqda.
Qiroliça, şahzoda Çarlz, Uilyam va Harri tomonlarni qanoatlantirişi mumkin bölgan turli variantlarni körib çiqişmoqda.
Qirollik majburiyatlari
Agar duşanba kungi uçraşuvda kelişuvga erişilsa, uning amalga oşişi uçun muayyan vaqt talab etiladi.
Ammo bunday kelişuv yölida jiddiy tösiqlar saqlanib turibdi - xususan, gersog va gersoginya Sasseksklar öz qirollik burçlarini qay darajada baholaşayotgani noma'lum.

Ayni vaqtda Megan Kanadaga qaytgan va öğli Arçi bilan. U va şahzoda Harri Rojdestvoni Kanadada ötkazilgan, seşanba kuni ta'tildan Britaniyaga qaytişgandi.
8 yanvar oqşomida şahzoda Harri va Megan Markl instagram orqali qirollikdagi öz maqomi böyiça beriladigan moliyaviy imtiyozlardan voz keçib mustaqil ravişda özlari pul işlab topişini ma'lum qilişgan. Ular ikki joyda - Buyuk Britaniya va Şimoliy Amerikada yaşaşmoqçi, lekin ular qirollik oilasi majburiyatlarini bajarişda ham davom etaveradi.
Ötgan yilning oktyabrida ham ular öz hayotlari doimiy ravişda OAV e'tiborida bölişidan noroziliklarini bildirişgandi.
Megan AQŞ fuqarosi hisoblanib, 8 yil davomida Torontoda yaşagan va aktrisa sifatida işlagan, Amerikaning maşhur teleseriali «Fors-majorlar»da rol ijro etgan.
Şahzoda Harri va Megan ötgan yilning iyunida şahzoda Uilyam va uning rafiqasi Keyt boşqaradigan xayriya taşkilotidan çiqişgan, ular öz xayriya taşkilotlarini oçişmoqçi.

















