Jahon | 14:00 / 12.01.2020
5940
2 daqiqa o‘qiladi

Tayvandagi prezident saylovlari g‘olibi ma'lum bo‘ldi 

Foto: Chan Kwok Shing/SOPA Images

Tayvanda o‘tgan prezident saylovlari natijalariga ko‘ra amaldagi prezident Tsay Inven ikkinchi muddatga qayta saylandi. Bu haqda Taiwan News nashri ma'lum qildi.

Tsay Inven 8 mlndan ko‘proq yoki 57,22 foiz ovoz to‘plagan. 

Prezident saylovlardan keyingi nutqida tayvanliklar demokratiya va suverenitet uchun ovoz berishganini ta'kidlab o‘tgan. U Xitoyni muloqotga va nomaqbul sharoitlar hamda kuch qo‘llash tahdidlaridan voz kechishga chaqirgan.  

Tsay Inven prezidentligining ikkinchi muddatida ham ma'muriyati Xitoyga nisbatan ig‘vosiz munosabatini va Tayvan bo‘g‘ozida jiddiy mojarolarga yo‘l qo‘ymaslik siyosatini davom ettirishga va'da bergan.

“Xitoy bizni nomaqbul sharoitlarga qo‘yishga uringan, shu sababli bizda mudofaa imkoniyatlarimizni mustahkamlashdan boshqa tanlov yo‘q”, deb aytgan amaldagi prezident.

Avvalroq Xitoy raisi Si Tszinpin Tayvanni qo‘shib olish uchun kuch ishlatishga tayyorligini aytgan. Si Tszinpinning ta'kidlashicha, “Xitoy qayta birlashishi kerak va bu muqarrar yuz beradi”.

Mavzuga oid