Jamiyat | 13:20 / 13.01.2020
17250
2 daqiqa o‘qiladi

Giyohvandlik vositasini sotish orqali boylik orttirishni ko‘zlagan shaxsga sud hukmi e'lon qilindi

2019 yil 15 iyul kuni taxminan soat 20:30larda, Sirdaryo viloyat va Oqoltin tuman IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 201 gramm marixuana giyohvand vositasini sotish uchun ketayotgan fuqaro F.I. jinoyat ustida qo‘lga olindi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Oqoltin tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan F.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi 5-qismi (Ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov jarayonida unga nisbatan ushbu modda bilan ayblov e'lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov yakuniga ko‘ra, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sud muhokamasiga yuborilgan.

2019 yil 22 noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Sayxunobod tuman sudi tomonidan fuqaro F.I. ushbu jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. 

Mavzuga oid