“Özyölinspeksiya” tomonidan 2019 yil davomida 3257 ta yöl-quriliş obektlarida, şu jumladan, 178 ta quriş, qayta quriş va mukammal ta'mirlaş obektlarida hamda 3079 ta joriy ta'mirlaş, saqlaş va boşqa obektlarda nazorat işlari ötkazildi, deb xabar bermoqda inspeksiya axborot xizmati.
“Davlat inspektorlari tomonidan aniqlangan qoidabuziliş holatlarini bartaraf etiş böyiça mas'ul xodimlarga 2682 ta yozma körsatma berildi. Şundan 2635 ta körsatmadagi qoidabuzilişlar bartaraf etilgan, qolgan 47 ta körsatmaning ijrosi ham davlat inspektorlari nazoratiga olindi. Körsatmalarni öz muddatida bartaraf etmagan mas'ul şaxslarga nisbatan intizomiy javobgarlik masalasini körib çiqiş va aniqlangan qoidabuzilişlarni bartaraf etiş uçun tegişli taşkilotlarga 221 ta taqdimnoma kiritildi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, yöl-qurilişi obektlarida qöpol ravişda qoidabuzilişlarga yöl qöygan va berilgan körsatmalarni belgilangan muddatda bartaraf etmagan mansabdor şaxslarga nisbatan tegişli çoralar qöllanişi uçun 164 ta ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, sud organlariga yuborildi. Şulardan 150 tasi böyiça ma'muriy sudlar tomonidan 103,6 mln.sömlik jarima undiriş böyiça qaror qabul qilindi, qolgan 14 tasi ham sudda körib çiqilmoqda.
Sifatsiz bajarilgan 4846,6 mln.sömlik quriliş-montaj işlari hajmini tölovdan çiqarib taşlaş böyiça buyurtmaçilarga 58 ta talabnoma kiritilgan. Şulardan 1902,1 mln. sömlik sifatsiz bajarilgan quriliş-montaj işlari bartaraf qilindi.
Sun'iy inşootlar holatini nazorat qiliş işlari yuzasidan 162 ta obektda, şu jumladan, 8 ta quriş va rekonstruksiya qiliş, 29 ta mukammal ta'mirlaş, 8 ta tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etiş va 117 ta saqlaş obektlarida nazorat işlari ötkazildi.
Natijada 2 ta köprik avariya, 5 ta köprik avariya oldi holatida hamda 3 tasi qoniqarsiz ahvolda ekani aniqlanib, dalolatnomalar rasmiylaştirildi. Ikkita köprikda harakatni töxtatiş va vaqtinça aylanma yöl quriş, qolgan 8 tasida esa kerakli yöl belgilarini örnatiş va doimiy nazorat örnatiş lozimligi töğrisida – avtomobil yöllari boş boşqarmalariga murojaat qilindi.
Yuqoridagilardan taşqari, ötgan 2019 yil davomida avtomobil yöllaridan foydalanuvçilarning murojaatlariga asosan yöl obektlarining sifat körsatkiçlarini aniqlaş yuzasidan ham sezilarli natijalarga erişildi.
Xususan, yil davomida jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan jami 131 ta murojaat kelib tuşgan.

















