Transport vazirligi huzuridagi Yöl-quriliş işlari sifatini nazorat qiliş inspeksiyasi tomonidan respublikadagi köpriklar holati örganilganida, daryo va soylarning özanlaridan toş, qum va şağalning nazoratsiz va noqonuniy ravişda qazib olinişi natijasida ayrim köpriklarning oraliq tayançlari kritik qiymatlardan ortiqça yuvilib ketganligi aniqlandi. Bu haqda inspeksiya matbuot xizmati xabar berdi.

 “Vaholanki, Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 26 dekabrdagi 342-sonli “Özbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yöllarida xavfsizlikni ta'minlaş va taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorining 26-bandiga köra, daryolardagi köpriklardan – özan böylab yuqoriga va pastga qarab 2,5 kmgaça bölgan masofada qum va toşlar qazib oliş uçun karerlar barpo etiş taqiqlangan”, deyiladi xabarda.

 Qayd etilişiça, mazkur talab bajarilmaganligi oqibatida suv özani sathining pasayişi sababli Samarqand, Surxondaryo, Qaşqadaryo, Jizzax, Toşkent va Andijon viloyatlarida barpo qilingan 26ta köprikning tayançlari kritik holatga kelib qolgan.

 Jumladan, Samarqand viloyatidagi Qoradaryo, Zarafşon, Oqdaryo, “Darğom” kabi daryo va kanallar ustiga qurilgan 10ta, Surxondaryo viloyatidagi Obizarang, Töpalang, Surxon, Oltinsoy daryolari ustidan ötgan 6ta, Qaşqadaryo viloyatidagi 4ta, Jizzax viloyatidagi Sangzor daryosi ustidan ötgan 3ta, Toşkent viloyatidagi Çirçiq va Angren daryolari ustidan ötgan 2ta hamda Andijon viloyatidagi Aravonsoy ustidan ötgan 1ta köprik joylaşgan özanlarda karerlar faoliyati tugatilmagan. Ya'ni ular noqonuniy ravişda öz faoliyatlarini davom ettirmoqda. Bundan taşqari mazkur köpriklarni saqlaşga mas'ul bölgan korxonalar tomonidan ularni ta'mirlaş, tayançlarini himoyalaş böyiça lozim bölgan çora-tadbirlar amalga oşirilmagan.

Inspeksiya tomonidan köpriklarning tayançlarini yuvilişdan saqlaş, yaroqsiz holga kelib qolişining oldini oliş, noqonuniy karerlar faoliyatiga çek qöyiş böyiça Vazirlar Mahkamasiga tegişli axborotlar kiritildi.