Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
12 mingdan ortiq o‘zbekistonlik Qirg‘iziston fuqaroligini oldi

Foto: Joomart Uraimov
So‘nggi besh yil ichida Qirg‘iziston fuqaroligini asosan O‘zbekiston, Tojikiston va Rossiyadan kelganlar qabul qilishdi, deya xabar bermoqda OAV Qirg‘iziston Respublikasi Davlat ro‘yxatga olish xizmatiga asoslanib.
Davlat fuqaroligini olish to‘g‘risidagi hujjatni Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti imzolaydi. Oxirgi marta hujjat 2019 yil 30 dekabrda imzolangan va unga ko‘ra 978 kishi Qirg‘iziston fuqaroligini olgan.
Tahliliy ma'lumotlar shuni ko‘rsatadiki, 2015 yildan beri 22 456 kishi Qirg‘iziston fuqaroligini olgan. Ularning aksariyati, ya'ni 82 foizi, etnik qirg‘izlardir.
Ta'kidlanishicha, 2015-2018 yillarda asosan O‘zbekiston fuqarolari qirg‘iz fuqaroligini olgan. 2019 yilda esa ko‘proq Tojikiston fuqarolari Qirg‘iziston fuqaroligiga ega bo‘ldi.
So‘nggi besh yil ichida 12 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qirg‘iz fuqaroligini oldi. (2015 yilda 4 470 kishi, 2016 yilda 3 401 kishi, 2017 yilda 2 341 kishi, 2018 yilda 1 212 kishi, 2019 yil 10 oyi davomida 887 kishi).
Qayd etilishicha, mamlakat fuqaroligini Ukraina, Moldova, Pokiston, Xitoy, Turkiya va Misr fuqarolari ham olgan.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Mavzuga oid

18:19 / 10.07.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishiga O‘zbekiston kompaniyalari ham jalb qilinishi mumkin

14:57 / 07.07.2025
Tojikiston «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li loyihasiga qo‘shilmoqchi

20:14 / 03.07.2025
Qirg‘iziston aholi daromadlarining o‘sishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘ringa chiqdi. Nimaning hisobiga?

15:47 / 01.07.2025