Britaniya qiroliçasining nevarasi, taxt vorisi şahzoda Çarlzning ikkinçi öğli – Sasseks gersogi Harri öz rafiqasi, amerikalik sobiq aktrisa Megan Markl bilan qirollik oilasidagi maqomidan voz keçişga qaror qilgani haqida ma'lum qilgan edi.
Qiroliça Yelizaveta II juftlikning bu qarorini qöllab-quvvatlaşini bildirdi.
“Biz Harri va Megan qirollik oilasining tölaqonli a'zosi bölib qolişini afzal körsak-da, ularning yanada mustaqil hayot keçirişi, şu bilan birga, oilamizning qadrli qismi bölib qolişini hurmat qilamiz va tuşunamiz”, ― dedi qiroliça duşanba kuni Sadringhem saroyida bölib ötgan yiğinda.
Juftlikning bu qarorini muhokama qilişda Yelizaveta va şahzoda Harri bilan birga, Harrining otasi şahzoda Çarlz va akasi şahzoda Uilyam ham iştirok etdi. Harrining bobosi şahzoda Filipp esa nevarasining bu qaroridan norozi ekanini, undan xafaligini ma'lum qildi va muhokamada qatnaşmadi.
Harri va Megan moliyaviy mustaqillikka erişiş, saroydan çiqiş böyiça qarorga uzoq muhokamalardan söng kelganini aytgan. Hali sentabr oyidayoq juftlik köpçilikning diqqat markazida böliş qiyinligi haqida gapirgan edi. Xususan, Meganning homiladorlik davrida ularning har bir harakati sariq matbuotda tanqid ruhida yoritilganidan xafa bölişganini bildirişgan.
Qiroliça nevarasining qarorini qöllab-quvvatlaşini bildirgan bölsa-da, yakuniy qaror yaqin kunlarda qabul qilinişini öz bayonotida ma'lum qilgan.
Juftlik yangi mustaqil hayotga ötiş davrini Kanada va Britaniyada ötkazişi böyiça kelişuvga erişilgan. Harri va Meganning qirollik oilasi a'zolari sifatida öz vazifalaridan boş tortişlarining oqibatlari, saroydan qança haq oliş, unvon va imtiyozlar böyiça tafsilotlar ma'lum emas.
Daily Mail xabariga köra, juftlikning samolyoti seşanba kuni Kanadaning Vankuver şahriga parvoz qilgan, Megan Markl bu yerda bir guruh xotin-qizlar bilan uçraşib, jamiyatda ayollar muammolari böyiça suhbatlaşgan.
Ma'lumot uçun, şahzoda Harri va amerikalik kino yulduzi Megan Marklning nikoh töyi 2018 yil 19 may sanasida bölib ötgan va eng köp muhokama qilingan mavzulardan biriga aylangan edi.

















