Vazirlar Mahkamasining “Davlat qarzini samarali boşqariş va jalb qilinayotgan qarzlardan maqsadli foydalanişni ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qayd etilişiça:

Moliya vazirligi tomonidan Jahon banki va Xalqaro valuta jamğarmasi texnik kömagida Davlat qarzini boşqarişning örta muddatli strategiyasi işlab çiqilgan;

davlat qarzini boşqarişning örta muddatli strategiyasini mamlakatdagi makroiqtisodiy özgarişlar va taşqi omillarni hisobga olgan holda har yili Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanişi lozim;

Xalqaro valuta jamğarmasining me'yori asosidagi Moliya vazirligining hisob-kitoblariga muvofiq Özbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlaş uçun davlat qarzining maksimal darajasi yalpi içki mahsulotga nisbatan 50 foizdan oşmasligi lozim;

Özbekistonning 2020 yil uçun Davlat budjeti töğrisidagi qonunida 2020 yil davomida Özbekiston nomidan yoki Özbekiston kafolati ostida taşqi qarzni jalb etiş böyiça imzolanadigan yangi şartnomalarning çegaralangan hajmi 4 milliard AQŞ dollari hamda Davlat budjetidan qaytariladigan taşqi qarzni özlaştirişning çegaralangan hajmi 1,5 milliard AQŞ dollari miqdorida belgilangan.

Davlat qarzini samarali boşqarişda quyidagi ustuvor maqsadlarga qatiy rioya qilinişi belgilab qöyildi:

davlat qarziga öz vaqtida va töliq xizmat körsatilişini kafolatli ta'minlaş;

davlat qarzini makroiqtisodiy barqarorlik uçun xavfsiz darajada saqlab turiş, diversifikatsiyalaş va davlat qarziga xizmat körsatiş xarajatlarining oşib ketiş xatarlarini pasaytiriş;

davlat qarzi hisobidan moliyalaştiriladigan loyiha va texnik-iqtisodiy asos işlab çiqişni talab etmaydigan dasturlarni ularning ijtimoiy-iqtisodiy va strategik ahamiyatidan hamda işlab çiqariş va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirişdan kelib çiqib belgilaş;

davlat qarzi hisobidan moliyalaştiriladigan loyiha va dasturlarning natijadorligini, öz-özini oqlaşini, ular amalga oşirilişi böyiça ma'lumotlarning şaffofligini ta'minlaş orqali qarzlardan maqsadli va samarali foydalaniş;

ustav fondida (ustav kapitalida) davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq miqdordagi davlat uluşi bölgan yuridik şaxslar va banklarni bosqiçma-bosqiç bozor şartlarida moliyalaştirişga ötkaziş.

Belgilanişiça:

a) Özbekistonning davlat taşqi qarzi hisobidan moliyalaştiriladigan loyiha va dasturlar böyiça Özbekiston nomidan bitimlarni imzolaş va Özbekiston kafolatini beriş Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan ma'qullangan holda amalga oşiriladi;

Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy özgartirişlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati Vazirlar Mahkamasi Rayosatida davlat taşqi qarzi hisobidan moliyalaştiriladigan dastur va loyihalarga doir masalalarni körib çiqiş uçun tegişli hujjatlarni tayyorlaydi;

Davlat qarzini samarali boşqariş va ulardan maqsadli foydalanişni muvofiqlaştiriş maqsadida Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy özgartirişlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati tuzilmasida davlat qarzini samarali boşqariş va undan maqsadli foydalanişni muvofiqlaştiriş masalalari böyiça boş mutaxassis ştat birligi qöşimça ravişda kiritildi;

b) 2020 yil 1 yanvardan boşlab ustav fondida (ustav kapitalida) 50 foiz va undan ortiq miqdordagi davlat uluşi bölgan yuridik şaxslar tomonidan taşqi qarz majburiyatlarini jalb qiliş Moliya vazirligini tegişli tartibda xabardor qilgan holda amalga oşiriladi.

Barça darajadagi davlat organlari va xöjalik birlaşmalari hamda mahalliy hokimliklar rahbarlari soha, tarmoq va hududni rivojlantiriş dasturlari uçun ikki va köp tomonlama hamkorlik, şu jumladan, xalqaro va hududiy forumlar, investitsion anjuman va boşqa hamkorlik doirasida ijtimoiy-iqtisodiy hamda moliyaviy samaradorligi çuqur tahlil qilinmagan Özbekiston nomidan yoki Özbekiston kafolati ostida taşqi qarzni jalb etiş böyiça takliflarni kiritiş amaliyotiga çek qöyilişi töğrisida ogohlantirildilar.

Moliya vazirligi:

bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 2020 yilda Özbekistonning davlat taşqi qarzi hisobidan moliyalaştiriladigan loyiha va dasturlarni tanlab oliş va natijadorligini nazorat qiliş tartibi töğrisidagi qarorni;

2020 yil 1 dekabrga qadar ilğor xorijiy tajriba asosida kelgusi yillarda Özbekistonning davlat taşqi qarzi hisobidan moliyalaştiriladigan dastur hamda loyihalarni tanlab oliş mezonlari, ularni körib çiqiş, tanlab oliş va natijadorligini nazorat qiliş tartibini belgilovçi nizomni işlab çiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlaş uçun kiritadi.

Prezidentning 2020 yil uçun Davlat budjeti töğrisidagi qonun ijrosini ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisidagi qaroriga muvofiq:

a) Davlat taşqi qarzi hisobidan moliyalaştirilgan loyiha va dasturlarning natijadorligini baholaş jarayoni quyidagilarni nazarda tutadi:

yakunlangan loyiha va dasturlarni Hisob palatasi auditdan ötkazişi, audit natijalari böyiça axborotni har çorak yakunida Qonunçilik palatasi, prezident Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga yuborişi;

tegişli vazirlik va idoralar yakunlangan loyiha va dasturlar böyiça Oliy Majlisi palatalarining qömitalariga uç oy içida taqdimotlar ötkazişi;

Hisob palatasi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligi loyiha va dasturlarning işlab çiqilişi, tanlab olinişi, monitoringi va audit natijalariga oid ma'lumotlarni ommaviy axborot vositalari va veb-saytlarda joylaştirilişini ta'minlaşi;

b) Hisob palatasi tomonidan uç oy muddatda davlat qarzlari hisobidan moliyalaştiriladigan loyiha va dasturlarni baholaş va auditdan ötkaziş hamda ularni xatarlar böyiça guruhlaştiriş masalalarini öz içiga oluvçi tartibning tasdiqlanişi ma'lumot uçun qabul qilindi.

Moliya vazirligi davlat taşqi qarzi holati böyiça, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi esa davlat taşqi qarzi hisobidan moliyalaştirilgan loyihalarning amalga oşirilişi böyiça har yili bir marta Qonunçilik palatasiga hisobot berib boradi.

Özbekiston nomidan jalb qilingan davlat taşqi qarzlari maqsadli yönaltirilgunga qadar Moliya vazirligi Ğaznaçiligining ğazna hisob varaqlarida saqlanişi yoki vaqtinçalik tijorat banklari depozitlariga ötkazilişi natijasida yuzaga keladigan foiz xarajatlaridagi tafovutlar Davlat budjeti hisobidan qoplanişi belgilandi.

Davlat qarzi hisobidan moliyalaştiriladigan loyiha va dasturlar böyiça tölovlarning öz vaqtida, töliq va kafolatli amalga oşirilişini ta'minlaş maqsadida:

2020 yil 1 fevraldan boşlab Moliya vazirligi Ğaznaçiligi huzurida yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan Kafolat jamğarmasi taşkil etiladi;

Jamğarma mablağlari Özbekistonning kafolatlari uçun tölovlar, jalb qilingan qarzlarni qayta kreditlaş bitimida belgilangan Moliya vazirligining marjasi va boşqa manbalar hisobidan şakllantiriladi;

Özbekistonning kafolatlari uçun tölovlar qarzlarning qoldiq summasiga yillik 0,5 foizdan kam bölmagan miqdorda belgilandi.

Davlat qarzi, jumladan Özbekistonning kafolatlari hisobidan moliyalaştirilgan loyiha va dasturlar böyiça qarzdor taşkilotlar (banklar) öz qarz tölovlarini vaqtida va töliq amalga oşirmagan holatlarda davlat qarzi Jamğarma mablağlari va Davlat budjeti hisobidan söndiriladi hamda qarzdor taşkilotlardan (banklardan) mavjud qarzdorlik va hisoblangan jarima tölovlari mos ravişda Jamğarma va Davlat budjetiga qaytarilişi belgilab qöyildi.

Şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qiliş markazi” davlat unitar korxonasi davlat taşqi qarzi hisobidan moliyalaştiriladigan loyihalar böyiça loyihaoldi hujjatlari, şuningdek, texnik topşiriqlar va tender hujjatlarining kompleks ekspertizasidan belgilangan tartibda ötkazadi. Davlat taşqi qarzi hisobidan moliyalaştiriladigan dasturlar hamda loyiha qiymatining 80 foizi va undan ortiq qismi tijorat banklari orqali qayta moliyalaştiriladigan loyihalar kompleks ekspertizadan ötkazilmaydi.

Bunda, kompleks ekspertizadan ötkaziş uçun tölov investitsiya loyihalari va xarid hujjatlarini kompleks ekspertizadan ötkaziş uçun belgilangan tölov miqdorining 50 foizi miqdorida undiriladi.