2019 yil 29 dekabr kuni taxminan soat 21:40larda Farğona viloyati Uçköprik tumanida noma'lum şaxslar boşqaruvidagi Nexia rusumli avtomaşinada Yangiobod köçasida turgan voyaga yetmagan 17 yoşli M.Ş.ning oldiga kelişib, qönğiroq qilib oliş vaji bilan undan «Samsung» rusumli telefon apparatini olişib, qaytarib bermasdan telefon apparatini oçiqdan-oçiq talon-toroj qilişib, hodisa joyidan yaşiringanlar.

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, mazkur holat yuzasidan Uçköprik tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (bir guruh şaxslar tomonidan sodir etilgan talonçilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida uşbu jinoyatni Qöqon şahrida yaşovçi 18 yoşli M.A., 20 yoşli U.A. va 24 yoşli J.M. sodir etganliklari aniqlanib, protsessual tartibda uşlangan va gumon qilinuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb qilinganlar.

Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.