Nihoyat qishki tanaffus tugab, kuchli beshlik ham to‘liq tarkibda tur o‘yinlarida davom etadi. Bugundan boshlanayotgan dam olish kunlarining qiziqarli o‘yinlari anonsi an'anaviy tarzda e'tiboringizga havola qilinadi.

ARSeNAL – SheFFILD YuNAYTeD (18 yanvar, 20:00)

«Arsenal» Arteta boshchiligida ijobiy tomonga o‘zgarishni boshlaganini ayta boshlashgandi, zero yangi yilni ikki g‘alaba bilan boshlagan «to‘pchilar» o‘z darvozalari daxlsiz saqlay olishgandi. Mag‘lublardan biri ayniqsa, top-raqiblarga qarshi yaxshi o‘ynaydigan «Manchester Yunayted» ekanini e'tiborga olsak, bu g‘alaba Arteta uchun ham birinchi, ham katta g‘alaba edi. Ammo o‘tgan turda London derbisida «Kristal Pelas» bilan o‘yinda durang qayd etildi va endi «Arsenal»ning kuchli to‘rtlikdan farqi 11 ochkoni tashkil qilmoqda.

«Sheffild» esa, turnir jadvalida aynan «Arsenal»ning oltilikdagi o‘rnini egallab turibdi. Kris Uilder shogirdlari «Etihad» va «Enfild»da bir xil hisobdagi mag‘lubiyatlardan (0:2) keyin, yana eski rejimga o‘tib olishdi va o‘tgan turda «Vest Hem» mag‘lub etildi. Umuman olganda, «Sheffild» safarda, ayniqsa, Londonda juda yaxshi natija ko‘rsatishini e'tirof etish kerak. «Chelsi» ham, «Tottenhem» ham uy o‘yinida «Sheffild» ustidan g‘alaba qozona olishmagandi. Jamoa ligadagi eng yaxshi himoyaga ega: «Sheffild» atigi 21 gol qo‘yib yuborgan va faqat «Liverpul» yaxshiroq ko‘rsatkichga ega. Ikkinchidan, darvozabon Dean Hendersonning quruq o‘yinlari soni – 8ta, u ham «Lester» posboni Kasper Shmayxel bilan birgalikda, eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lib turibdi.

Bundan tashqari, «Arsenal» bu o‘yinda asosiy quroli, 14ta gol bilan to‘purarlar bahsida yetakchi o‘rinlarda borayotgan Per-Emerik Obameyangdan foydalana olmaydi. Gabonlik hujumchi o‘tgan turda hakam tomonidan maydondan chetlatilgandi. Shuningdek, Lukas Torreyra va Sead Kolashinats ham jarohatlangan. Faqat Ektor Bellerin haqida yaxshi xabarlar bor: u mashg‘ulotlarni boshladi va balki bu o‘yinda ham tayyor bo‘lishi mumkin. Mehmonlar tarkibida yo‘qotishlar yo‘q.

Darvoqe, jamoalarning birinchi davradagi to‘qnashuvida mezbonlar – «Sheffild Yunayted» 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. Aynan o‘sha o‘yindan keyin «Arsenal»ning ijobiy seriyasiga barham berilgan va londonliklar pastga sho‘ng‘ishni boshlagandi. Shu mag‘lubiyatdan keyin APLdagi 12 uchrashuvda «Arsenal» atigi 2 marta g‘alaba qozona oldi, xolos.

«ReAL» MADRID – «