2019 yil davomida davlat xizmatlarini körsatişda eng köp qonunbuziliş hollari arxitektura-quriliş sohasida kuzatilgan.
Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi boşqarma boşliği Ilhomjon Abdusattorovga asoslanib, Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«DXA davlat xizmatlarini körsatişda yagona davlat siyosatini amalga oşiriş bilan birga, boşqa organlarning bu boradagi faoliyati ustidan nazorat ham olib boradi. Davlat xizmatlarini körsatişdagi noqonuniy harakatlar eng köp arxitektura-quriliş sohasida, şuningdek, kadastr, soğliqni saqlaş, kommunal xizmat tizimlarida qayd etilgan», – dedi Abdusattorov 17 yanvar kuni matbuot anjumanida.
Ma'lum qilinişiça, 2019 yil davomida yöl qöyilgan 170 mingdan ortiq qonunbuziliş holatlarining 150 mingtasi – arizalarni vaqtida körib çiqmaslik, mingga yaqini keraksiz hujjatlarni talab qiliş, qolganlari DXM orqali körsatilişi belgilangan xizmatlarni ham fuqarolarga töğridan töğri körsatiş bilan boğliq.
«Ayrim davlat idoralari öz ma'lumotlar bazasini haligaça elektron körinişga ötkazmagan. Bu esa davlat xizmatining tezkor va şaffof tarzda amalga oşirilişiga yöl qöymaydi. Inson omili mavjud ekan, kerakli sifatga erişiş qiyin», − deya qöşimça qildi DXA Davlat organlari va boşqa taşkilotlar tomonidan davlat xizmatlari körsatilişi ustidan nazorat qiliş boşqarmasi boşliği Ilhomjon Abdusattorov.

















