Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Tolibon” tez kunlarda AQSh bilan tinchlik bitimi imzolashi mumkin
Afg‘onistondagi "Tolibon" harakati yanvar oxiriga qadar AQSh bilan tinchlik bitimi imzolashi mumkin, dedi toliblar vakili Suhayl Shahin Dawn gazetasiga bergan intervyusida.
"Bitim loyihasi tayyor. Hal qilish kerak bo‘lgan yagona narsa tinchlik bitimini imzolash sanasi. Bitimni kechi bilan shu oy oxiriga imzolaymiz degan umiddamiz", - dedi u.
Avvalroq Assoshieyted Press agentligi "Tolibon" harakati a'zolari AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzodga Afg‘onistonda yetti kundan o‘n kungacha muddatga vaqtincha o‘t ochishni to‘xtatish rejimini o‘rnatish taklif etilgan hujjatni taqdim etganini xabar qilgandi.
Shahin shuningdek, toliblar "xorij qo‘shinlari mamlakatdan bemalol chiqib ketishi uchun harbiy operatsiyalar miqyosini kamaytirgani"ni aytdi.
2019 yil dekabrda "Tolibon"va AQSh uch oylik tanaffusdan so‘ng Dohada muzokaralarni qaytadan boshlagan, ammo muzokaralar natijasiz yakunlangandi.
Mavzuga oid
12:58
Toshkent AQSh va Eron o‘rtasidagi diplomatik yutuqni yuqori baholadi
08:37
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi cheklovlar olib tashlandi, muzokaralar boshlandi
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026