Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Liviyada tinçlik örnatiş uçun sulh tuzilişi va Liviya milliy armiyasi qömondoni Xalifa Haftarning tajovuzkorona siyosatini töxtatiş kerakligini aytdi. U bu haqda Berlinda Liviya böyiça ötkaziladigan anjuman arafasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşuvi çoğida fikr bildirdi.
"Biz janob Sarojni (Liviya Milliy kelişuv hukumati rahbari) Moskvaga kelişga köndiriş uçun ança sa'y-harakatlarni amalga oşirdik. U öz vazifasini bajardi. Natijada Milliy kelişuv hukumati barça kutganlari bajarilmagan bölsa ham kelişuv imzoladi. Haftar kelişuvni imzolamadi, u tinçlik tarafdori emasligini, masalani harbiy yöl bilan hal qiliş niyatida ekanligini körsatdi", - dedi Erdöğan.
"Liviyada tinçlik-xotirjamlik örnatilişi uçun Berlin konferensiyasi sulh tuzilişini ta'minlaşi hamda masalani siyosiy yöl bilan hal qilişi kerak. Haftarning tajovuzkorona mavqeiga çek qöyiş zarur", - deb ta'kidladi Turkiya prezidenti.
Avvalroq Milliy kelişuv hukumati rahbari Foiz Saroj Xalifa Haftar öz hujumini töxtatmasa, xalqaro hamjamiyat Liviyaning tinç aholisini himoyalaş böyiça harakatlarni amalga oşirişi lozimligini aytgandi.














