Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turar joyni noturarga aylantirishga hokimning qarori kerak bo‘lmaydi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4546-son qaroriga asosan 2020 yil 1 yanvardan boshlab mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiyalari va vakolatlari tegishli davlat boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalariga o‘tkazildi.
Qarorga muvofiq, turar joylarni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsat berish davlat xizmati bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining qaror chiqarish tartibi bekor qilinib, ularning vakolatlari tuman (shahar) qurilish bo‘limlariga o‘tkazildi va amalda qaror ijrosi ta'minlandi.
2020 yil 1 yanvardan boshlab tumanlar (shaharlar) qurilish bo‘limlari tomonidan turar joyni noturar toifasiga o‘tkazishga ruxsatnoma berish tizimi ishga tushirilgan.
Mazkur sohada davlat xizmatlarini ko‘rsatish natijasida biznes jarayonining bir necha martaga qisqarishi, sifatining oshishi, qonunbuzilishi holatlarining oldi olinishi aytilmoqda.
Shuningdek tegishli ruxsatnomalar 8 kun muddatda shakllantirilib, QR kod asosida vakolatli idoraning mas'ul xodimi tomonidan amalga oshirish tartibi joriy etilgan.
Sir emaski, bugungi kunda biznes faoliyatini boshlash va yo‘lga qo‘yish uchun noturar joy obektlarining yetishmovchiligini tadbirkorlarni qiynayotgan asosiy muammolardan biri sifatida sanash mumkin.
Mavzuga oid
11:00 / 17.06.2026
O‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarga oid qonunchilik yangilandi
08:25 / 06.06.2026
Toshkentda uyni ikki marta sotgan aka-ukaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
22:34 / 05.06.2026
Qurilganiga 50 yildan oshgan uylarni qayta rejalashtirish taqiqlandi
19:31 / 04.06.2026