Qaşqadaryo viloyati IIB YHXB YPXB YPX 3-otryadi 2-safarbarlik guruhi yöl patrul xizmati katta inspektori A.Haqberdiyev xizmat taqsimotiga köra 2020 yil 18 yanvar kuni soat 04:10larda, Koson tumani böylab xizmat olib borgan.

Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga köra, inspektor şu jarayonda “Vaz-2106” rusumli avtomobil haydovçisini örnatilgan tartibda töxtatib, avtomaşinani közdan keçiriş jarayonida haydovçi X.S. transport vositasini tegişli hujjatlarsiz boşqarib yurganligini aniqlab, unga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirib, transport vositasini vaqtinçalik jarima maydonçasiga joylaştirgan.

Muloqot jarayonida haydovçi X.S. javobgarlikdan qoçiş maqsadida YPX katta inspektori A.Haqberdiyevga 2 million söm pullarni pora tariqasida taklif qilgan.

Xodimning bildirgisiga köra, ötkazilgan tezkor tadbirda davomida şu kuni soat 16:00larda fuqaro X.S. YPX katta inspektori A.Haqberdiyevga 950 ming söm va 100 AQŞ dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qaşqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan tergovoldi suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.