Britaniya şahzodasi Harri Kanadaga - turmuş örtoği Megan Markl va öğli Arçining yoniga keldi, deb xabar berdi Sky News telekanali.

Telekanal e'lon qilgan videoyozuvda Harrining Vankuver orolidagi aeroportda samolyot trapidan tuşayotgani va avtomobilga ötirayotgani tasvirlangan. Şahzoda Harri oilasi bilan Kanadada yaşaşi kutilmoqda.

Avvalroq Bukingem saroyi şahzoda Harri va uning rafiqasi Megan endi qirollik unvonlaridan foydalanmasligini va bundan keyin davlat mablağlarini olmasligini e'lon qilgandi. 

Bu şuni anglatadiki, 2020 yil bahoridan boşlab ular endi «zoti oliylari» deb nomlanmaydi. Ammo ular Sasseks gersogi va gersoginyasi bölib qoladi, şahzoda Harri tuğilişida meros qolgan unvonini saqlab qoladi. 

Harri va Megan şuningdek, Vindzordagi uyni ta'mirlaş uçun Buyuk Britaniya budjetidan sarflangan 2,4 million funtni qaytarib beradi.