Elyor G‘aniyev nomzodi vazir lavozimiga ko‘rsatildi
Bugun, 22 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining barcha qo‘mitalarida yangi tarkibdagi Hukumat a'zoligiga nomzodlarni ko‘rib chiqish va ma'qullash masalalari muhokama qilinmoqda.

Kun.uz muxbiri xabar berishicha, Ochilboy Jumaniyozovich Ramatov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga nomzod sifatida ko‘rsatildi.
Bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar masalalari kompleksi rahbari Elyor G‘aniyev nomzodi Transport vaziri lavozimiga ko‘rsatilgan. Bungacha Transport vaziri sifatida bir vaqtning o‘zida Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov faoliyat olib borayotgan edi. Ayni vaqtda G‘aniyev bosh vazir o‘rinbosari lavozimini saqlab qolish-qolmasligi aniq emas.
Ochilboy Ramatov 2019 yilning fevralida Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari - Transport vaziri lavozimiga tayinlangandi.
Elyor G‘aniyev 2019 yilning yanvarida Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga aylangandi.
Bundan avvalroq Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov nomzodi yangi lavozimga O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga nomzod sifatida ko‘rsatilgani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi
Sport | 03:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
-
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Jahon | 00:29
-
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
Mavzuga oid

17:43 / 21.11.2024
Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarning barchasi o‘z lavozimini saqlab qoldi (foto)

12:22 / 16.11.2023
Ochilboy Ramatovning parlament so‘roviga yuborgan javobi deputatlarni qoniqtirmadi

17:06 / 28.09.2023
Sergeli bo‘yicha hukumat komissiyasiga qanday vazifalar yuklandi?

11:27 / 28.09.2023