Favqulodda vaziyatlar vazirligi 21 yanvar kuni Rossiyaning Tomsk viloyatida bir qavatli yog‘ochdan qurilgan uyda ro‘y bergan yong‘in oqibatida halok bo‘lgan yana bir o‘zbekistonlikning shaxsiga aniqlik kiritdi.
U 1998 yilda tug‘ilgan, Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan Muhammadali Zokir o‘g‘li Zokirov bo‘lgan.
Avvalroq fojia oqibatida halok bo‘lgan to‘qqiz o‘zbekistonlikning ro‘yxati e'lon qilingan, ularning sakkiz nafari Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidan edi:
1. Murtazoyev Shahzod Sanjar o‘g‘li, 1999 yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)
2. Elmurodov Temur Damir o‘g‘li, 1994 yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)
3. Mo‘minov Xurshid Mehriddin o‘g‘li, 1997 yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)
4. G‘aybulloyev Ramziddin Mehriddin o‘g‘li,1998 yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)
5. Ergashev Hoshimjon O‘tkir o‘g‘li, 1999 yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)
6. Hasanov Bunyod Karim o‘g‘li, 1994 yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)
7. Norov Mehriddin G‘aybullayevich, 1966 yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)
8. Boymurodov Keldiyor Kandiyorovich, 1987 yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)
9. Hasanov Umid Karimovich, 1979 yil (Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanida istiqomat qilgan)
«O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi yuzaga kelgan ayanchli hodisa oqibatida vafot etgan vatandoshlarimizning oila a'zorlariga chuqur hamdardlik bildiradi», — deyiladi vazirlik
















