Bugun, 23 yanvar kuni, Yoşlar Ittifoqi markaziy kengaşida «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan internet tarmoğining oila mustahkamligiga, bolalar ongiga ta'sirini örganiş masalalariga bağişlangan tadbir bölib ötdi. Unda markaz rahbari Dilorom Toşmuhammedova oilalarda internet tarmoğining örnini aniqlaş yuzasidan ötkazilgan tadqiqot natijalarini ma'lum qildi.
«Özbekistonda 10 foiz bolalar virtual olam ta'siriga haddan ortiq berilib ketişgan. Bu raqam katta bölmasa-da, keyinçalik oşib ketiş ehtimoli ança yuqori. Biz yoş oilalar yönalişida tadqiqot ötkazdik. Unda endigina oila qurgan yoşlarni qamrab oldik. Sörovlar natijasi şuni körsatdiki, faqat 15 foiz erkaklar öz farzandi tarbiyasiga vaqt ajratişar ekan. Yana boşqa tadqiqotga köra, bir kunda yoş ota-onalar farzandi bilan 13-17 daqiqa oraliğida suhbat qilişga vaqt ajratişi ma'lum böldi.
Bu raqamlar qat'iy çoralar körişni talab qilyapti. Kattalar tomonidan telefonga tarbiya vositasi sifatida qaralmoqda. Natijada, 5-6 yaşar bolalar nafaqat telefon qurilmalaridan bemalol foydalanişyapti, balki ijtimoiy tarmoqqa kirib onlayn suhbatlar ötkazişyapti. Bu holatga özim guvoh böldim. Masalani hal qilişda mediata'limni darslik sifatida maktab, maktabgaça ta'lim muassasalariga kirita olsak, ayni muddao bölardi», - dedi Toşmuhammedova.
Qöşimça qilinişiça, mazkur sohada qabul qilingan huquqiy hujjatlar yaxlit qonun sifatida birlaştirilmagan, faqat qonunosti hujjatlari amalda. Natijada, har bir mas'ul taşkilot birlaşmasdan, alohida bu masala böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiradi, lekin ta'siri juda sustligiça qolmoqda.

Tadbirda markazning ilmiy guruh a'zosi Furqat Olimov Özbekistonda internet tarmoği foydalanuvçilari toifasi böyiça ma'lumot berdi.
«Mutaxassislarimiz tomonidan olib borilgan sotsiologik tadqiqotlarga köra, Özbekistonda 23 mln nafar fuqaro internet foydalanuvçisi hisoblanadi. Ularni toifalarga böladigan bölsak, örta, faol va öta faol foydalanuvçilarga bölinadi. Odatiy foydalanuvçilar kuniga 2 soatdan köp bölmagan vaqtni virtual olamda ötkazişadi. 3-4 soat davomida internet tarmoğidan foydalanuvçilar esa örta toifaga kiritildi. Öz navbatida, 5 soat va undan ortiq vaqtini internetda ötkazadiganlar öta faol kategoriyasiga kiradi.
Tadqiqot natijalari şuni körsatmoqdaki, ayni vaqtda ijtimoiy tarmoq messenjerlari orasida video şaklidagilari köproq zarar keltirmoqda. Ular orasida Youtube porno tasvirlarni tarqatişda asosiy örinni egallab turibdi. Yuqoridagi sotsiologik tadqiqotlar bolalar bilan işlovçi 1790 nafar öqituvçilar örtasida ötkazildi. Şuningdek, unda 60 nafarga yaqin iştirok etişdi. Tadqiqot Facebook ijtimoiy tarmoğida ötkazildi», deydi u.

















