14 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegişli qarori qabul qilindi.

«Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Özbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi «Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş va oila institutini mustahkamlaş sohasidagi faoliyatni tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF-5325-sonli farmoniga muvofiq taşkil etilgan. 

2018 yilning sentabr oyida Dilorom Toşmuhammedova uşbu markaz direktoriga aylangandi.

Özbekiston “Adolat” SDP matbuot xizmati xabariga köra, Dilorom Toşmuhammedova endi doimiy asosda işlovçi senatorga aylanadi

Bildirilişiça, Dilorom Toşmuhammedova bundan buyon doimiy asosda işlovçi senator sifatida Oliy Majlis Senatining Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi raisi örinbosari sifatida faoliyatini davom ettirişi kutilmoqda.

D. Toşmuhammedova 2020 yil 17 yanvar kuni bölib ötgan Xalq deputatlari Toşkent şahar va tuman Kengaşi deputatlarining qöşma majlisida senator etib tayinlangan edi.

Eslatib ötamiz, Dilorom Toşmuhamedova Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi spikeri bölgan. Ma'lumoti böyiça şifokor. 1984 yilda Toşkent Davlat tibbiyot institutini va 2003 yilda Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tugatgan.