Qömita yiğilişida yoşlarning tibbiy madaniyati sustligi, nikohlanuvçi yoşlarning tibbiy körikdan ötkazilişi töğrisidagi nizomga özgartiriş kiritiş böyiça takliflar beriş söraldi.

Majlisda Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi raisi örinbosari Dilorom Toşmuhammedova nikohlanuvçi yoşlarni tibbiy körikdan ötkaziş samaradorligini oşiriş töğrisida Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament sörovi va qömitaning hukumat javobidan qoniqmagani, şuningdek, u qayta körib çiqiş uçun yana yuborilgani xususida gapirib ötdi.

Dilorom Toşmuhammedova

Ma'lumki, Oila kodeksiga muvofiq nikohlanuvçi şaxslarning tibbiy körikdan ötiş hajmi va tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Şu maqsadda, 2003 yil 23 avgustda hukumatning «Nikohlanuvçi şaxslarni tibbiy körikdan ötkaziş töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida»gi 365-sonli qarori qabul qilingan.

Biroq, nikohdan oldingi tibbiy körikdan ötişda tizimli muammolar mavjudligi, yoşlarning munosabati jiddiy emasligi, tibbiy köriklar formal ötkazilişi, şifoxonalarda tegişli mutaxassislar hamda moddiy-texnika bazasi yetarli emasligi kelgusida oilalar mustahkamligiga hamda tuğilayotgan farzandlar salomatligiga salbiy ta'sir körsatmoqda.

«Yoşlarni tibbiy körikdan ötkaziş böyiça nizomni qaytadan körib çiqiş va özgartirişlar kiritiş haqida hukumat öz fikrini bildirdi. Bir qator vazirliklarga uşbu jarayonni takomillaştiriş, jarayonga elektron tizimni joriy etiş böyiça topşiriqlar berilgan.

Şu bilan birga, biz qöygan savollarga hukumatning aniq javoblarini körmadik. Şu sababli, qömitamiz javobdan qoniqmaganini bildirdi va boşqa bir qator topşiriqlar berildi. Xususan, nizomni tayyorlaşda yoşlarni qiynayotgan taşkiliy masalalarga e'tibor beriş, joylarda texnika, mutaxassis yetişmasligi kabi muammolarni bartaraf etiş, markaziy poliklinikalarda maxsus tibbiy körik ötkaziladigan kunlarni belgilaş kabi jihatlarga e'tibor qaratişni söradik.

Bundan taşqari, çetdan qanday takliflar bölsa, biz qabul qilişga tayyormiz, qaror hozirda loyiha tarzida turibdi. Uni 12 mart kuni oçiladigan yalpi majlisga muhokamaga kiritamiz», deya ta'kidladi Senat qömitasi raisi örinbosari Dilorom Toşmuhammedova.

2020 yil noyabrida nikohlanuvçi yoşlarni tibbiy körikdan ötkaziş samaradorligini oşiriş töğrisida Vazirlar Mahkamasiga sörov yuboriş haqida Senat qarori qabul qilingandi