Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank inkassatsiyadagi o‘zgarishlar bo‘yicha tushuntirish berdi
Markaziy bank xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning naqd pullarini inkassatsiya qilinganligi uchun xizmat haqi to‘lanishi to‘g‘risida axborot bilan chiqdi.
Ma'lumki, 2020 yil 16 yanvarda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba'zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 30-sonli qarori qabul qilindi.
Unga asosan 2020 yil 1 martdan boshlab, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning naqd pullarini banklarga inkassatsiya xizmatlari orqali yetkazib berilishi bo‘yicha xizmat haqi shartnoma asosida buyurtmachi, ya'ni inkassatsiya xizmatlari ko‘rsatilishining tashabbuskori (xo‘jalik yurituvchi sub'yekt yoki bank) tomonidan to‘lanishi belgilandi.
Bunda inkassatsiya uchun xizmat haqi shartnomaga asosan:
xo‘jalik sub'yekti naqd pul tushumini banklarga yetkazib berishda inkassatsiya xizmatidan foydalanishni ma'qul ko‘rib, tashabbuskor bo‘lsa, buyurtmachi sifatida mijoz tomonidan;
mijozga qo‘shimcha xizmat turi sifatida uning naqd pul tushumini inkassatsiya xizmati orqali olib kelish bankning taklifi asosida tashkil etilsa, bank tomonidan to‘lanadi.
Shuningdek, naqd pullarini banklarga inkassatsiya xizmatlari orqali yetkazib berilishi bo‘yicha xizmat haqini bank va mijoz o‘zaro shartnoma asosida kelishgan holda, birgalikda to‘lashlari ham mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar inkassatsiya xizmatlaridan foydalanmagan holda, naqd pullarini banklarga o‘zlari mustaqil ravishda topshirishlari ham mumkin va bunda naqd pullarni topshirganligi uchun banklar tomonidan haq undirilmaydi.
Shu bilan birga, mijozlar va aholi tomonidan ularga tegishli bo‘lgan hisobraqamlarga kirim qilish va to‘lovlar uchun banklarga topshiriladigan naqd pul mablag‘lari cheklovlarsiz qabul qilinishi shart, deyiladi MB axborotida.
Mavzuga oid
19:21 / 16.06.2026
O‘zbekistonning jahon chempionatidagi ishtirokiga bag‘ishlangan esdalik tangalar sotuvga chiqariladi
16:50 / 16.06.2026
“Asosiy stavka ta’sirchanligini oshirish choralarini ko‘ramiz” – Ishmetov
16:37 / 16.06.2026
Timur Ishmetov: 2027 yilda 5 foizlik inflatsiya maqsadiga erishish yo‘lida jiddiy xatarlar ko‘rmayapmiz
11:05 / 16.06.2026