Rossiyaning Tomsk viloyatida yuz bergan yong‘inda halok bo‘lganlar soni 12 kishiga yetgan. Bu haqda RBK nashri Tergov qo‘mitasi ma'lumotiga asoslanib xabar bergan.
O‘zbekiston FVV ma'lumotiga ko‘ra, mutaxassislar tomonidan olib borilgan birlamchi tahlil natijalariga ko‘ra, yong‘in oqibatida Andijon viloyati Andijon tumanida istiqomat qilgan Mamadjonov Muzaffarjon Dilmurotovich ham halok bo‘lgani aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, 21 yanvarga o‘tar kechasi Rossiyaning Tomsk viloyati Asino tumanidagi bir qavatli yog‘och uyda yong‘in ro‘y berib, uyning 208 metr kvadrat maydoni yonib ketgandi.
Dastlabki xabarlarda yong‘in oqibatida 11 kishi halok bo‘lgani, ulardan 10 nafari O‘zbekiston fuqarolari ekani aytilgandi.
Fojia oqibatida halok bo‘lgan 10 nafar o‘zbekistonlikning ro‘yxati e'lon qilingan, ularning to‘qqiz nafari Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidan edi:
1. Murtazoyev Shahzod Sanjar o‘g‘li, 1999 yil tug‘ilgan (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)
2. Elmurodov Temur Damir o‘g‘li, 1994 yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)
3. Mo‘minov Xurshid Mehriddin o‘g‘li, 1997 yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)
4. G‘aybulloyev Ramziddin Mehriddin o‘g‘li,1998 yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)
5. Ergashev Hoshimjon O‘tkir o‘g‘li, 1999 yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)
6.















