Çorşanba kuni Xitoy hukumati virus ilk marotaba aniqlangan hudud 8,9 million (boşqa manbalarda 11 mln) aholiga ega bölgan Xubey viloyatidagi Uxan şahrini karantinga olib yopiş töğrisida qaror qabul qildi. Şaharga olib boradigan barça yöllar yopildi, şahar içida ham jamoat transporti harakati töxtatildi. 

Payşanba kuni xuddi şunday qaror Xubeydagi yana bir şahar - 7 million aholili Xuangan uçun ham qabul qilindi. Xuanganga boradigan barça poyezd va samolyotlar reyslari bekor qilingan, şuningdek şahar içki transporti harakati töxtatilgan. 

Rasmiylar, şuningdek, barça keng kölamli tadbirlarni - oy taqvimi böyiça 25 yanvarga belgilangan Yangi yil bayrami, ommaviy sayllar, şu jumladan ibodatxonalardagi an'anaviy yarmarkalarini bekor qilişga qaror qilişdi. 

Yangi yil davomida millionlab odamlar Xitoy böylab sayohat qilişadi.  Minglab xitoyliklar çet elga ham çiqib ketadi. 

Uxan va Xuangan qamalda

Juma kuni keçasi Xuanganda barça avtobus va poyezd qatnovlari töxtatiladi. Şahardagi kafe, restoranlar va kinoteatrlar ham yopiladi. Odamlarga şaharni tark etmaslik tavsiya etilgan.

Şu bilan birga, bir kun avval şaharni tark etmaslik töğrisida buyruq berilgan Uxan aholisi ijtimoiy tarmoqlarda mahsulot yetişmasligi mumkinligidan xavotir bildirib, narxlarning keskin kötarilişidan şikoyat qilişmoqda. 

Şahardagi köplab dökon peştaxtalari aholining zudlik bilan ovqat zaxirasi yiğişga kirişgani ortidan böşab qoldi.

Fuqarolar kiyiş majburiy bölgan tibbiy niqoblarni ham faollik bilan sotib olişmoqda.