Buyuk Britaniya qiroliçasi Yelizaveta II Boris Jonson hukumati tomonidan tayyorlangan Buyuk Britaniyaning Yevroittifoq tarkibidan çiqişi töğrisidagi qonun loyihasini imzoladi va hujjat qonun maqomini oldi.
Brexit 31 yanvarga möljallangan, ammo bu amalga oşişi uçun Birlaşgan Qirollikning çiqib ketişi töğrisidagi kelişuv Yevroparlamentga ratifikatsiya qilinişi zarur.
Avvalroq Uels, Şotlandiya va Şimoliy Irlandiya qonunçilik organlari Brexit töğrisidagi qonun loyihasini tasdiqlaşni rad etgandi. Uç hududiy parlamentning barçasi qirollikning Yevroittifoqdan çiqişiga qarşi bölgandi.
Buyuk Britaniya Yevroittifoqni 2019 yil 29 martda tark etişi lozim edi, ammo britaniyalik deputatlar çiqiş şartlari borasida kelişa olmagani uçun bu muddat bir neça bor ortga surilgandi.


















