Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Xonada o‘tiribmiz. Shaharga chiqishni tavsiya qilishmayapti». Uxandagi o‘zbek talabalari vaziyat haqida nima deyishmoqda?
Shu kunlarda Xitoyning Uxan shahrida tarqala boshlagan koronavirus haqidagi vahimali xabarlar tarqalmoqda. Chin yurtidagi besaranjomlik butun yer yuzini hadikka solgan.
O‘zbekistonlik ko‘plab talabalar Uxan shahridagi institutlarda ta'lim oladi. Biz ular bilan aloqaga chiqib, hududdagi holat bilan qiziqdik.
«Shahar karantinda, kirish–chiqish to‘xtatilgan. Talabalarga ham shaharga chiqish tavsiya qilinmayapti. Xonalarimizda o‘tiribmiz. Olti kun ichida koronovirus bilan kasallanganlarni chuqur o‘rganuvchi katta kasalxona barpo qilinishi haqida aytilyapti. Uxan - Xubey provinsiyasining ma'muriy markazi. Xabarlarga ko‘ra, hozirda provinsiya ichidagi 13ta shahardan faqat Uxan shahri karantinga olingan bo‘lib, keyinchalik butun provinsiya yopilishi mumkin ekan.
O‘zbekistondan 30 nafardan ziyod talaba bor. Ular ichida koronavirus bilan zararlanganlari yo‘q. Biz tanigan xitoyliklarning ham virusga chalinganini eshitmadik.
Virus tarqalishiga ikkita taxmin bor. Bular – ilon va ko‘rshapalakdan tayyorlangan mahalliy taomlardan virus tarqalgani haqidagi farazlar. Biroq bu taxminlar aniq emas. Qaysidir davlatlarning o‘z fuqarolarini olib chiqib ketgani haqida eshitdik. Lekin bunga ishonish qiyin. Chunki, hozirda shahardan tashqariga chiqish va unga kirishning ilojisi yo‘q», deydi Uxandagi Xuajon qishloq xo‘jaligi universitetining magistratura yo‘nalishida o‘qiyotgan Mashhurbek Ikromov.
Uxandagi Huazhong Agricultural universitetida doktoranturadan keyingi faoliyatini olib borayotgan o‘zbekistonlik Farruxbek Rasulov ham holat bo‘yicha izoh berdi.
«Ayni paytda Uxanda bo‘lib turgan 30 nafardan ziyod talabalar bilan O‘zbekistonning Shanxaydagi konsulligi vakillari Xitoyda ommabop bo‘lgan WeChat internet tizimida guruhlar tuzib yangiliklardan muntazam xabardor qilib boryapti. Maslahatlar ham berib borilmoqda. Uxanda oziq-ovqat taqchilligi yo‘q. Do‘konlar ishlab turibdi. Vahimali holat kuzatilmayapti. Men shu yerda faoliyat olib borayotgan xitoylik immunolog olim do‘stlarim bilan suhbatlashdim. Ular Uxanda vaziyat barqarorligi, virusdan himoyalanish uchun barcha holatlar nazoratda ekanligini aytishdi. Uxanda hozir mamlakatning eng kuchli immunolog va viruslar bilan shug‘ullanuvchi olimlari ish olib bormoqda. Ularning bildirishicha, Uxan kuchli nazoratda ekanligi bois xavfsiz hududga aylangan.
Hozir Xitoyda Yangi yil bayrami nishonlanmoqda. Odatda, bayram kunlarida shahar ko‘chalari gavjum bo‘lmaydi.
Qaysidir mamlakat o‘z fuqarolarini Uxandan olib chiqib ketganiga ishonish qiyin. Shahar karatinda. Aeroport 23 yanvar kuni soat 10:00da yopilgan va barcha reyslar bekor qilingan. Temir yo‘l harakati ham to‘xtagan. Jamoat transporti ishlamayapti. O‘zbek talabalari bilan doimiy aloqadamiz. Iloji boricha ehtiyot choralarini ko‘ryapmiz. Ko‘chaga chiqqanda maxsus niqob taqilmoqda», deydi u.

Uxan shahridagi har bir ta'lim muassasalari, maktablar, ko‘chalar, kichik dahalarning kirish-chiqish joylarida maxsus nazorat guruhlari ish olib bormoqda. Ular lazerli tana haroratini o‘lchovchi uskuna bilan haydovchi va yo‘lovchilarni tekshirib virus simptomi bor-yo‘qligini aniqlamoqda.

Metro stansiyasidan chiqib kelayotgan ona va bola.

Ko‘chadagi eslatma: O‘zingni va boshqalarni sog‘ligi uchun maxsus niqob taqib ol!


Uxanning markaziy ko‘chalari.

Maxsus niqoblarni nafaqat dorixonalarda balki barcha do‘konlarda sotib olish mumkin.

Uxan ko‘chalari.

Shahar shifoxonalarida «Tez yordam» mashinalari shay holatda turibdi.

Bemorlarni birinchi navbatda o‘pkasini tekshirish uchun rentgen xonalari.

E'lon: Uxan sog‘liqni saqlash ma'muriy boshqarmasidan eslatma: Kimda tana harorati 37,3 darajadan yuqori bo‘lsa, quyida ko‘rsatilgan shifoxonalarga uchrashi zarur.
Elmurod Ermatov tayyorladi
Farruxbek Rasulov fotolari
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025