Avvaliga bu jang 2019 yilning 13 sentyabrida bölib ötişi rejalaştirilgan edi, ammo 29 yoşli boksçi Deniel Roman yelkasidan jarohat olgani bahonasi bilan jangda iştirok eta olmasligini bildirgan va majburiy kamar himoyasi uçun jang muddati şu tariqa ortga surilgandi. Ahmadaliyev esa boşqa raqibga qarşi reyting jangida iştirok etgandi.
12 ranudlik jang Mayami şahrida (AQŞ, Florida ştadi) bölib ötadi.
Ahmadaliyev jangga taniqli murabbiy Joel Dias tayyorlamoqda.
«Men jang qiliş uçun tuğilganman». Ahmadaliyev yana nokaut bilan ğalaba qozondi
Jang DAZN internet-platformasi orqali translatsiya qilinadi. Özbekistonlik boks işqibozlari Sport TV orqali uşbu jangni 31 yanvar kuni soat 07:00dan boşlab jonli tomoşa qilişi mumkin.

















