Bu haqda bugun, 28 yanvar kuni bölib ötgan matbuot anjumanida Budjetdan taşqari pensiya jamğarmasi ijro etuvçi apparati bölim boşliği Şuhrat Ötaganov aytib ötdi.

Özbekistonda iş stajini tasdiqlovçi hujjatlarning yetarli emasligi sababli eng minimal miqdordagi pensiya oluvçi fuqarolar  köpligi, jamğarma tomonidan bu holatga qanday yeçim izlanayotgani borasida jurnalistlar tomonidan berilgan savolga bölim boşliği şunday javob berdi:

“Bu savol bilan oldimizda turgan juda katta masalani kötardingiz. Haqiqatdan ham, hujjatlarning arxiv idoralarida saqlanmagani yoki korxona-taşkilotlarda mavjud emasligi pensiya hisoblaş va tayinlaşda katta muammolardan biri.

Siz yaxşi bilasiz, prezident Şavkat Mirziyoyev parlamentga yöllagan murojaatida: “Biz şunday tizimni joriy qilamizki, fuqaro pensiya idorasiga faqat pasporti bilan keladi”, degan fikrni aytdi.

Biz buning uçun birinçi navbatda arxivni raqamlaştirişimiz kerak. Arxivlarimizning hozir qay darajadaligini esa siz yaxşi bilasiz.

Şuni ma'lumot uçun aytmoqçimanki, Budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasining 2012 yildan boşlab dasturiy majmuasi bor. Dasturiy majmuamiz juda köp idoralar bilan integratsiya qilingan. Ya'ni, özimizga kerakli axborotni turli vazirlik va idoralardan oliş imkoniyatiga egamiz. Biz Arxiv idorasi bilan ham integratsiya qilişga, axborot almaşinuviga tayyormiz.

Afsuski, bizda bu jarayon juda keç, 2016 yildan boşlandi.

Hozir jismoniy şaxslarni iş haqini hisobga oliş yakka tartibda Davlat soliq qömitasi bazasida amalga oşirilyapti.

Biz şunday tizim yaratmoqçimizki, fuqarodan umuman iş haqi talab qilinmasligi kerak. Ya'ni axborot almaşinuvi onlayn rejimda bölişi kerak. Lekin siz aytganingizdek, sobiq ittifoq davri va undan keyingi 1990 yillardan to 2005 yilgaça bölgan davrdagi iş haqini hisoblaş muammo bölib qolmoqda.

Bunda ba'zi bir korxona-taşkilotlarning rahbarlari mas'uliyatsizligi yoki boşqa fors-major holatlar bilan [yonib ketgan yoki boşqa sabablar bilan yaroqsiz holga kelgan] hujjatlar arxiv idoralariga topşirilmagani salbiy oqibatlarni keltirib çiqaryapti. Bundan xabarimiz bor.