Maktabgaça ta'lim vaziri örinbosari Maqsudjon Yöldoşev Xalqaro press-klub sessiyasida yangi taşkil etilayotgan maktabgaça ta'lim taşkilotlari haqida gapirib ötdi.

«Prezidentimiz murojaatida ötgan yili 5722ta maktabgaça ta'lim taşkilotlari taşkil etilganiga töxtaldi. Bu – Özbekiston tarixida körilmagan özgarişlar. Agar bir yilda 365 kun borligini hisobga olsak, Özbekistonda har kuni örtaça 15da MTT taşkil topyapti», – dedi Yöldoşev.

2019 yili Özbekistonda maktabgaça ta'lim qamrovi 38 foizdan 52 foizga kötarilgan. 2020 yil oxiriga qadar bu körsatkiçni 60 foizga yetkaziş vazifasi qöyilgan. Bunga budjetdan 130 milliard söm ajratiladi. Bu jarayonda xususiy maktabgaça ta'lim muassasalari ham bevosita iştirok etadi.