«Özbekkino» milliy agentligi va Samarqand viloyati hokimligi tomonidan özbek xalqining buyuk siymolariga bağişlangan filmlarni suratga oliş böyiça kelişuvga erişilgan.
Agentlik matbuot xizmatidan ma'lum qilişlariça, filmlardan biri – sahroda şoh Doro boşçiligidagi fors bosqinçilarining katta qismini donoligi va jasorati bilan yenggan sak qabilasiga mansub çöpon Şiroq haqidagi serialdir.
Keyingi loyiha – taniqli ma'rifatparvar, jadidçilik harakatining taniqli namoyandalaridan biri, atoqli yozuvçi va dramaturg Mahmudxöja Behbudiy haqida badiiy film yaratişdan iborat.
2020 yil Özbekistonda Mahmudxöja Behbudiyning 145 yilligi keng nişonlanadi. U haqdagi filmni şu yilning oxirigaça Samarqandda suratga oliş rejalaştirilgan.
Şiroq haqidagi teleserialni suratga olişda maslahatçi sifatida çet ellik rejissyorlar ham iştirok etadi.
Serial voqealari Samarqand va qisman Navoiy viloyatida suratga olinadi. Jumladan, film ijodkorlari tomonidan Şiroqning duşmanlarni adaştirişiga oid sahnalari uçun Navoiy viloyati xududidagi sahrolar tanlab olingan.
Tarixiy teleserial ssenariysi muallifi yozuvçi va kinodramaturg – Nazar Eşonqul hisoblanadi.
«Özbekkino» yuqoridagi filmlarning rejissyorlarini tanlov asosida tanlab olişni rejalaştirmoqda.

















