«Sud-tibbiy ekspertiza byurosining joriy yil 29 yanvardagi 340-sonli xulosasiga köra, hamşira M.Ma'murovada burun suyagining yopiq sinişi, boş miya çayqalişi, böyin sohasida şilinma, öng köz-qovoqlarida qontalaş kabi tan jarohatlari aniqlangan.
Farğona şahar içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi ma'lumotlariga qaraganda, mazkur holat yuzasidan fuqaro U.A.ning harakatlarida Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismida körsatilgan qasddan badanga yengil tan jarohati yetkaziş jinoyati alomatlari mavjudligi sababli, unga nisbatan uşbu modda bilan jinoyat işi qözğatilib, suriştiruv işlari olib borilmoqda», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.
28 yanvar kuni Farğona şahridagi 2-oilaviy poliklinikada bemor va uning onasi tibbiyot xodimlari Maşhura Tojimatova va Matlyuba Ma'murovaga tan jarohati yetkazişgani, poliklinika ma'muriyati darhol tez tibbiy yordam bölimiga, voqea haqida profilaktika inspektoriga xabar berişgani haqida xabar berilgandi.

















