AQŞ va Meksika çegarasida qurilayotgan devorning bir qismi kuçli şamol natijasida ağdarilib tuşdi, deb xabar berdi The Guardian naşri.

Çegaraçilarning ma'lumot berişiça, şamol devor bölaklarini Meksika tomonga uçirib ketgan.

"Yaxşiyamki, Meksika hukumati zudlik bilan çora kördi va yaqin-atrofdagi köçada yöl harakatini töxtatdi", - dedi çegara xizmati vakili Karlos Pitones.

Pitonesning sözlariga köra, devor bölaklari yiğib olingan va joyiga qaytarilgan.

Noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşiş doirasida Meksika bilan çegarada devor qurilişi Donald Trampning 2016 yildagi saylovoldi kuraşlarida bergan va'dalaridan biri edi. Avvaliga beton devor qurilişi rejalaştirilgandi, ammo keyinroq Tramp pölatdan tösiq qurilişiga rozilik berdi.