Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda Putinga suiqasd qilishga chorlagan qirg‘izistonlik hibsga olindi
Foto: AP Photo/Alexander Zemlianichenko
Sankt-Peterburgning Oktabr tuman sudi kelib chiqishi qirg‘izistonlik bo‘lgan 22 yoshli yigitni binolar devorlariga Rossiya prezidentiga suiqasd qilishga chorlovchi tasvirlarni tushirgani uchun hibsga olish haqida qaror chiqardi.
Sankt-Peterburg sudlari matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Muhammadaziz Eshmatov ismli ushbu shaxsga “vandallik” va “terrorchilik faoliyatini amalga oshirishga ommaviy chaqiriqlar” moddalari bilan tasniflanuvchi jinoyatlarni sodir etish ayblovi bildirilgan.
Tergovning aniqlashicha, noma'lum shaxs internet orqali I.F.Parpiyev ismli shaxs bilan til biriktirib, unga Rossiya prezidenti Vladimir Putin tasviri ko‘rinishidagi va “Ko‘rsang – o‘ldir” (Uvidish - ubey) yozuvli trafaretni tayyorlash, so‘ngra ushbu trafaret va bo‘yoq yordamida Peterburgdagi bir necha binolar fasadiga yuqoridagi tasvirlarni tushirish uchun 5 ming rubl taklif qilgan.
Parpiyev taklifga rozi bo‘lgan va bunga Ishmatovni jalb qilgan. Ular Putinga suiqasd qilishga chorlovchi tasvirlarni 6 ta bino devoriga tushirishgan.
Ta'kidlanishicha, Ishmatov bu jinoyatga aloqadorligini tan olmayapti. Sud qaroriga ko‘ra, u 27 martgacha panjara ostida qoladi.
Ayni vaqtda Parpiyevga nisbatan qanday ehtiyot chorasi qo‘llash masalasi ko‘rilmoqda.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, ikkala gumonlanuvchi ham Qirg‘iziston fuqarolari hisoblanadi.
Mavzuga oid
20:07 / 04.05.2026
Yevropa razvedkasi: Putin suiqasddan va Rossiya elitasi ishtirokidagi to‘ntarishdan xavfsiramoqda
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
16:56 / 01.05.2026
Urush odatga aylandi. Dunyo otalar uyiga tobutda qaytayotganiga o‘rganib qoldi
15:03 / 30.04.2026