Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston parlamenti majlisi O‘zbekiston bilan noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi
Qozog‘iston parlamenti majlisi yalpi yig‘ilishida “Qozog‘iston Respublikasi hukumati va O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida” gi qonun loyihasi ma'qullandi. Bu haqda “Kazinform” axborot agentligi xabar berdi.
Qozog‘iston ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Marat Kojayevning so‘zlariga ko‘ra, bitim 2019 yil aprel oyida Toshkentda imzolangan.
Bitimni ratifikatsiya qilish migratsiya oqimini tartibga solish, fuqarolarning muammolarini hal qilish va noqonuniy migratsiya kanallarini aniqlash uchun qulay sharoit yaratishi ta'kidlanmoqda.
“Ushbu bitim ikki fuqarolik va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashda alohida o‘rin tutadi hamda milliy xavfsizlikni ta'minlashga qaratilgan. Bitimga muvofiq, O‘zbekiston fuqarolarining hujjatlarini yuborish tartibi aniqlandi. Shunday qilib, hujjatlarni topshirish va konsullik to‘lovlarini to‘lash uchun fuqarolarning O‘zbekiston elchixonasiga murojaat qilishlariga hojat qolmaydi. Qozog‘iston Konstitutsiyasining 10-moddasi 3-bandiga binoan, Qozog‘iston fuqarosi uchun boshqa davlat fuqaroligi tan olinmaydi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi ham ikki fuqarolikni tan olmaydi”, dedi Kojayev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qonunning qabul qilinishi ikki fuqarolikka va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashda yuzaga keladigan muammolarni tartibga soluvchi hujjatlarni qabul qilish masalalari bo‘yicha ma'lumot almashish imkoniyatini beradi.
Kojayev o‘tgan yili Qozog‘istonga 2,5 millionga yaqin o‘zbekistonliklar qonuniy ravishda kirganini va 60 mingga yaqini noqonuniy yo‘l bilan kelganligini aytdi.
Mavzuga oid
11:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda
12:17 / 30.06.2026
1,6 mln o‘zbekistonlik ishi tufayli ro‘yxatga olish vaqtida doimiy yashash joyida bo‘lmagan
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
17:36 / 24.06.2026