Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinçi örinbosari Oybek Qosimov ösmirlar örtasidagi III qişki Olimpiya öyinlari ötkazilişi munosabati bilan Lozannada bölib, Osiyo olimpiya kengaşining Osiyo öyinlari departamenti direktori Haydar Farmon bilan uçraşdi.
«Lozannada Osiyo olimpiya kengaşining Osiyo öyinlari departamenti direktori Haydar Farmon bilan ham körişdik. Uçraşuv çoğida Özbekistonda 2025 yili yoşlar örtasidagi IV Osiyo öyinlarini ötkaziş böyiça suhbatlaşdik va bu borada zarur kelişuvlarga erişildi», deya Qosimovning sözlarini keltirmoqda vazirlik matbuot xizmati.
Uning sözlariga köra, Haydar Farmon şu yil mart oyida Osiyo olimpiya kengaşi prezidenti Şayx Ahmad Al-Fahad Al-Saboh Özbekistonga taşrif buyurib, tegişli hujjatlar imzolanişini bildirgan.
Eslatib ötamiz, Özbekiston 2030 yilda XXI yozgi Osiyo öyinlari mezbonligi uçun ariza bergan. Uşbu turnir mezbonligiga Qatar, Hindiston va Filippin ham da'vogar hisoblanadi.
«BCW kompaniyasi rahbariyati bilan ayni şu xususda muzokaralar olib borildi. Ular sönggi yillarda Özbekistonda yirik sport musobaqalarini qabul qiliş yölida katta hajmdagi işlar olib borilayotgani, yurtimizda zamonaviy sport infratuzilmasi yaratilayotganini alohida e'tirof etişdi. BCW kompaniyasi tomonidan yurtimizda ötkazilişi rejalaştirilayotgan 2025 yilgi yoşlar örtasidagi IV yozgi Osiyo öyinlari hamda 2030 yilgi XXI yozgi Osiyo öyinlari böyiça şu yilning may oyiga qadar iş reja taqdim qilişlarini bildirişdi», degan vazir örinbosari.

















