Golikova Rossiyaga yangi koronavirus infeksiyasi kirişi va tarqalişining oldini olişni nazorat qiluvçi tezkor ştabga boşçilik qilmoqda.

«Rossiyada koronavirusga çalingan ikki bemor aniqlandi - Zabaykale va Tyumen oblastlarida», - degan Golikova ştab yiğilişidan keyin jurnalistlarga.

«Rospotrebnadzor» rahbari Anna Popovaning ma'lum qilişiça, ularning ikkisi ham yanvar oyida Xitoydan kelgandi. U ikki bemor ham izolyatsiya qilingani va Rossiyada virus tarqalişi xavfi yöqligini qöşimça qilgan.

«Ulardan biri XXR hududida qariyb bir oy vaqt bölgan, u yerga 28 dekabr kuni ketib 26 yanvar kuni qaytgan, ikkinçisi ham taxminan şunça vaqt - u 28 yanvar kuni qaytib kelgan», - degan Popova.

U şuningdek, Rossiya hukumati koronavirus öçoği hisoblangan Uxan şahri joylaşgan Xubey viloyatidan rossiyaliklarni evakuatsiya qilişni boşlaşini ma'lum qilgan. Uning sözlariga köra, rossiyaliklarga tanlov imkoniyati beriladi - Xitoyda qoliş yoki vatanga qaytiş, qaytganlar ikki hafta davomida karantin holatida bölişadi.

Ma'lum qilinişiça, Rossiya hukumati xitoyliklarga işçi viza berişni taqiqlaş töğrisidagi qarorni tayyorlamoqda. Şuningdek, «Aeroflot»ning Pekin, Şanxay, Hongkong va Guanjçouga reyslaridan taşqari Xitoy bilan barça aviaqatnovlar töxtatiladi. Juma kunidan Şeremetevo aeroportida Xitoyga uçuvçi yoki Xitoydan uçib kelişuvçi barça reyslar F terminaliga ötkazilgan.

31 yanvar kuni Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) 2019-nCoV koronavirusining tarqalişini xalqaro darajadagi tibbiy favqulodda holat deb e'lon qildi. Sönggi ma'lumotlarga köra, Xitoyda virusdan zararlaniş oqibatida kamida 213 kişi halok bölgan, qariyb 10 ming kişi virusni yuqtirib olgan. JSST ma'lumotiga köra, Xitoydan boşqa yana 18 davlatda jami 98 nafar bemor aniqlangan, ammo Xitoydan taşqarida ölim holatlari kuzatilmagan.