Maktabgaça ta'lim sohasida davlat-xususiy şeriklikni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida Özbekiston Prezidentining qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Maktabgaça ta'lim vazirligi va Moliya vazirligining davlat-xususiy şeriklik asosida maktabgaça ta'lim taşkilotlarini taşkil etiş dasturini davom ettiriş maqsadida belgilangan tartibda tuzilgan bitimlar böyiça kreditlarni moliyalaştiriş uçun tijorat banklariga qöşimça mablağlar ajratiş töğrisidagi takliflari ma'qullandi.
Hujjat bilan quyidagilar belgilandi:
a) 2019 yil 1 dekabrga qadar maktabgaça ta'lim taşkilotlarini taşkil etiş işlari 25 foizdan kam bölmagan hajmda bajarilgan bitimlar böyiça kreditlarni moliyalaştiriş uçun zarur bölgan 182 mlrd söm mablağlar Moliya vazirligi tomonidan 2020 yil uçun Davlat budjetida Özbekiston Respublikasi Prezidenti topşiriqlariga muvofiq hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça xarajatlar uçun nazarda tutilgan mablağlar doirasida 2020 yil 1 martga qadar ajratiladi. Bunda, kreditlar 15 yil muddatga, şu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 1 foizli stavka böyiça beriladi;
b) 2018—2019 yillarda belgilangan tartibda tuzilgan 300 dan ortiq bitimlar böyiça kreditlar:
Toşkent va Nukus şaharlari, viloyatlarning ma'muriy markazlari hamda ilovada keltirilgan viloyat böysunuvidagi şaharlarda — 15 yil muddatga, şu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 12 foiz stavka böyiça; tumanlarning ma'muriy markazlarida — 15 yil muddatga, şu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 8 foiz stavka böyiça; tumanlarning boşqa hududlarida — 15 yil muddatga, şu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 5 foiz stavka böyiça beriladi;
2020 yilda xalqaro moliya institutlaridan uşbu maqsadlar uçun jalb etiladigan imtiyozli kreditlar (qarzlar) hisobidan moliyalaştiriladi;
v) 2021 yil va kelgusi yillarda tuziladigan bitimlar böyiça kreditlar:
tijorat banklari tomonidan mustaqil belgilanadigan foiz stavkalarida beriladi; xalqaro moliya institutlaridan jalb etiladigan imtiyozli kreditlar (qarzlar), şuningdek, davlat-xususiy şeriklik asosida maktabgaça ta'lim taşkilotlarini taşkil etiş uçun avval ajratilgan kreditlar böyiça xususiy şerik tomonidan qaytariladigan asosiy qarzlar hisobidan moliyalaştiriladi;
g) 2018-2019 yillarda belgilangan tartibda imzolanib, moliyalaştirilmagan hamda kelgusi yillarda tuziladigan bitimlar böyiça kreditlar uşbu bitimlarda nazarda tutilgan xususiy şerikning öz mablağlari hisobidan bajarilişi (sotib olinişi) lozim bölgan işlar (tovarlar) töliq amalga oşirilganidan söng, tijorat banklari tomonidan moliyalaştiriladi.

















