O‘zbekiston | 11:49 / 31.01.2020
2814
1 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkorlarni o‘qitish uchun 15 mln dollarlik loyiha ishlab chiqilgan – Adham Ikromov

O‘zbekiston tadbirkorlarini raqobatbardoshligini oshirish, zamonaviy talablarda biznes yuritish, yangi loyihalarni ishlab chiqishga joriy qilishni o‘rgatish maqsadida 15 mln AQSh dollari miqdorida mablag‘ sarflanadi.

Bu haqda Savdo-sanoat palatasi rahbari Adham Ikromov Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasida ma'lum qildi.

«Tadbirkorlarga biznes yuritishning zamonaviy ilmlarini o‘rgatish maqsadida xorijlik hamkor davlatlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qilinmoqda. Shu maqsadda, ular ko‘magida 15 mln dollarlik ta'lim loyihalari amalga oshiriladi», - deya Adham Ikromovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid