Million dona palto, million tonna kartoşka va Hitler işlatgan telefon - SSSR Germaniyadan qanday tovon undirgan?
|16:07 / 02.02.2020106 3738 min
Ikkinçi jahon uruşidan söng SSSR mağlub tomon Germaniyadan bugungi qiymat bilan hisoblaganda 400 milliard AQŞ dollari miqdorida tovon undirgan.
Dunyodagi har bir uruşning oxirida ğoliblar mağlublarni talagan, tovon undirgan. Bu uruşning yozilmagan qonuni. XX asrga kelib ğoliblar mağlublardan tovon undiriş haqida xalqaro normalar qabul qilindi va bu qoida ilk bor birinçi jahon uruşidan keyin qöllandi. Öşandan beri mağlublardan qonuniy asosda tovon undiriş bugungaça davom etib kelyapti.
XX asrda ikkita jahon uruşi bölib ötdi. Bu uruşlarning har ikkisida ham Germaniya yengilgan va ğoliblarga katta miqdorda tovon tölagan. Rossiya imperiyasi, keyinçalik uning örniga tuzilgan SSSR bu uruşlarning har ikkisida ham qatnaşgan, ammo faqat ikkinçi jahon uruşidagi ğalaba uçun tovon olgan.
Birinçi jahon uruşi tugaşi arafasida, 1917 yilda Rossiyada Oktabr töntarişi amalga oşiriladi. Hokimiyatni egallagan bolşeviklar Germaniya bilan sulh tuzib, uruşdan çiqadi. Uruşni oxirigaça olib borgan Buyuk Britaniya, Fransiya va AQŞ 1919 yilda imzolangan Versal tinçlik bitimiga köra, Germaniyadan tovonni özlari olişga kelişadi va Rossiya bu uruşni oxirigaça olib bormagani uçun tovondan quruq qoladi. Ikkinçi jahon uruşida esa uruş tugaganidan söng uning asosiy «jabrdiyda»si va ğolibi sifatida eng katta tovonni SSSR oladi.
Uruşda yengilgan Germaniya öz zimmasiga yuklatilgan tovonni pul yoki oltin körinişida tölay olmasligi aniq edi. Şu bois SSSR tovonning asosiy qismi sifatida Germaniyadan köplab korxonalarni köçirib ketadi.
Nemislar uruşda yengilar ekan SSSR va ittifoqçilari Germaniyadan tovon undiriş masalasini ilk bor hali uruş tugamasidan, 1945 yil fevralida ötkazilgan Yalta konferensiyasida muhokama qiladi.
Yalta konferensiyasi
Yaltadagi konferensiyada Stalin Germaniyaga umumiy miqdorda 20 milliard dollar tovon tölaş majburiyatini qöyişni va uruşning asosiy jabrlanuvçisi sifatida SSSR jami tovon miqdorining yarmini olişi lozimligini aytadi. Öşanda tomonlar bu masalada bir fikrga kela olmay tarqalişadi.
Uruşdan keyin ötkazilgan Potsdam konferensiyasida ittifoqçilar Stalinning talablariga könişadi. SSSRga Germaniya şarqidagi barça korxonalarni köçirib ketiş, Germaniyaning Şarqiy Yevropa davlatlaridagi aktivlarini oliş hisobidan tovonni undiriş imkoniyati taqdim etiladi. Bunga qöşimça tarzda Germaniya ğarbidagi ayrim korxonalar ham SSSRga beriladi. Aslida SSSR qölga kiritilgan hududlardan turli korxonalarni köçirib kelişni 1945 yilning bahoridayoq boşlagan edi. Masalan, Beyten karbid zavodi va Ammendorf kimyo korxonasi öşa paytda Stalingraddagi kimyoviy korxonaga köçirib
«Nemislar tovoni, sovet iqtisodiyoti: raqamlar, faktlar, odamlar» kitobi muallifi, rossiyalik Mixail Semiryaga keltirgan ma’lumotlarga köra, öşa paytda Germaniyadan SSSRga jami 2 885ta turli korxonalar köçirib kelingan.
Potsdam konferensiyasidagi kelişuvga köra, SSSR nafaqat Germaniya hududidagi korxonalarni, balki Şarqiy Yevropadagi bir qator davlatlardagi nemislarniki deyilgan korxonalarni ham köçirib keladi.
Jumladan:
Polşadan 1 137ta;
Avstriyadan 206ta;
Vengriyadan 11ta;
Çexoslovakiyadan 54ta
nemislarga tegişli deyilgan korxonalar SSSRga köçirib kelinadi.
Mixail Semiryaga 1990-yillarda arxivga kirişga ruxsat berilgan paytlarda SSSRga Germaniya va unga qöşni bölgan Şarqiy Yevropa davlatlaridan köçirib keltirilgan korxonalar va boşqa aşyolar haqida ma’lumot oladi.
Semiryaga va uning hammaslagi Boris Kişevskiy bergan ma’lumotlarga köra, öşanda Germaniya şarqidan 400 ming vagon töla turli uskuna va jihozlar SSSRga olib kelingan.
Jumladan:
72 ming vagon quriliş materiallari;
2 885ta turli korxonalar;
96ta elektrostansiyalar;
340 ming turli stanoklar;
200 mingta elektromotorlar;
1 335 000 boş yirik şoxli hayvonlar;
2,3 million tonna ğalla;
1 million tonna kartoşka;
0,5 million tonna yoğ-moy va şakar;
20 million litr spirt;
16 tonna tovuq göşti olib kelingan.
Tovon sifatida undirilgan mulklar qatorida köplab harbiy kemalar va kriuz laynerlari, şuningdek, Gumboldt universitetining astronomik observatoriyasi töliq köçirib olib kelinadi. Krasnodar kompressor zavodi ham töliq Germaniyadan olib kelingan uskunalar bilan jihozlanadi.
Kemerovodagi «Azot» korxonasi 1947 yilda nemislarning «Şvarskop» firmasida tayyorlangan va tovon sifatida olingan kompressorlarni bugungi kungaça işlatib kelmoqda.
Kemerovodagi «Azot» zavodi
Uruş paytida Hitler administratsiyasi işlatgan telefon stansiyasi Moskva markaziy telefon stansiyasida örnatiladi va 222 raqamidan boşlanadigan raqamlar KPSS Markaziy Qömitasi tomonidan 1980-yillargaça işlatiladi. Rossiyalik tarixçi Gavril Popovning yozişiça, uruşdan keyin SSSR xavfsizlik xizmati işlatgan yaşirinça ovoz eşitiş moslamalari ham nemislardan musodara qilingan edi.
Uruşdan söng SSSR nemis harbiylariga tegişli harbiy texnika va qurilmalarning barça yaroqlilarini Germaniyadan olib keladi. Raketa qurilmalarini yasaş, reaktiv aviatsiya, havo hujumidan mudofaa tizimi uskunalari şular jumlasidan.
Raketa-kosmik sohasi faxriysi B.Çetrokning eslaşiça, öşanda Germaniyadan nafaqat yaroqli harbiy uskunalar, balki ularning çizmalari, loyihalari va köplab nemis mutaxassislari raketa qurilmalarini qurişda işlatiş uçun majburiy tarzda SSSRga olib kelingan.
«Kalaşnikov» avtomati 1945 yildan keyin majburiy tarzda SSSRga olib kelib işlatilgan nemis konstruktori V.Şmaysserning ixtirosi ekanligi haqida gap-sözlar ham yöq emas.
Yuqorida «Kalaşnikov» va pastda Hyugo Şmaysserning StG44 avtomati
SSSR harbiylari va NKVD xodimlari Şarqiy Germaniyadagi bosib olingan hududlardan nafaqat turli korxonalarni köçirib keladi, balki aholi vakillarini ham talaydi va aholi xonadonlaridan turli kiyim-keçaklar, rözğor buyumlarini tortib olib SSSRga jönatadi.
Jumladan:
60 ming royal;
460 ming radiopriyomnik;
190 ming gilam;
940 ming turli mebel buyumlari;
265 ming turli soatlar;
1,2 million dona ayollar va erkaklar paltosi;
1 million dona boş kiyimtortib olinadi va SSSRga jönatiladi.
Ittifoqçilar bilan kelişuvga köra, uruşdan söng Germaniya ğarbida joylaşgan «Opel AG» zavodi köçirib kelindi va Moskvaga örnatilib bu yerda «Moskviç-400» rusumli maşina işlab çiqarila boşlanadi.
Moskviç-400
Germaniya tomonining ma’lum qilişiça, bugun MDH davlatlarida Germaniyadan olib çiqib ketilgan 200 mingdan oşiq muzey eksponatlari va 2 million nusxadan oşiq kitob bor.
Ikkinçi jahon uruşida SSSR özining 20 million aholisidan ayriladi va tabiiyki bunday vaqtda mamlakatni tiklaş uçun işçilar kerak böladi. SSSR yöqotilgan işçilarning örnini töldiriş uçun öşanda Germaniyadan nafaqat harbiy asirlar, balki oddiy işçilarni ham olib kelib işlatadi.
Masalan, uruş davrida butunlay vayron bölgan Stalingrad (hozirgi Volgograd)ni asosan nemis harbiy asirlari va işçilari tiklagan edi. Stalin Germaniyadan 10 milliard dollar miqdorda tovon undiriş payida bölsa ham, amalda undirilgan tovon miqdori ança ortib ketadi.
SSSR Germaniyaning «öziga tegişli»qismidan olib çiqib kelgan jami narsalarning umumiy qiymati 15,8 milliard dollar yoki 14 041 tonna oltin ekvivalentiga teng bölgan. Ma’lumot uçun, bu summa dollarning bugungi qiymatida 400 milliard dollarga teng böladi.
Taqqoslaş uçun: Bugun AQŞda 2018 yil ma’lumotlariga köra 8133,5 tonna oltin zaxirasi bor.
Germaniyani talaş 1954 yilga kelib, GDR bilan kelişuvga erişilganidan keyingina töxtatiladi.
P.S. Germaniyadan undirilgan tovon miqdori 15,8 milliard dollarga teng deb körsatilgani bilan, SSSRda aksariyat hisobotlar maqsadga qarab kamaytirilib yoki köpaytirib körsatilganini inobatga olsak, Germaniyadan undirilgan tovon miqdori rasmiy hujjatlarda körsatilganidan ança köp bölişi ham mumkin.