Toşkentdagi «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasida Özbekiston – AQŞ ikki tomonlama muzokaralari bölib ötdi. Yopiq eşiklar ortida ikki soat davom etgan uçraşuvda Özbekiston delegatsiyasiga taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov, hamkor mamlakat delegatsiyasiga AQŞ Davlat kotibi Maykl Pompeo boşçilik qildi.

Muloqot çoğida Vaşington şahrida 2018 yil may oyida bölib ötgan oliy darajadagi Özbekiston – AQŞ sammiti doirasida erişilgan kelişuvlar ijrosi, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Taşqi siyosat idoralari rahbarlari turli sohalardagi özaro manfaatli aloqalar mustahkamlanayotganligi va jadal rivojlanayotganligini mamnuniyat bilan ta'kidlaşdi. Şu nuqtayi nazardan, sönggi ikki yil içida savdo hajmi ikki baravar ösgani qayd etildi. 

AQŞ Davlat kotibi Özbekiston Prezidenti tomonidan davlat boşqaruvini modernizatsiya qiliş, jamiyatni demokratlaştiriş, iqtisodiyotni liberallaştiriş va qonun ustuvorligini mustahkamlaş borasida olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. 

Muzokaralarda madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni kengaytiriş, diniy erkinlikni ta'minlaş va majburiy mehnatga barham beriş böyiça olib borilayotgan çoralarga alohida e'tibor qaratildi. 

«Men işonç bilan aytişim mumkinki, ikki davlat örtasidagi hamkorlik öz rivojining çöqqisiga çiqqan. Munosabatlar barqaror va kutilgan sur'atlarda rivojlanmoqda. Kelgusi harakatlarimiz strategik şeriklikning özaro manfaatli yönalişlarini topişga qaratilgan böladi», – deya vazirning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri. 

Şu bilan birga, TIV rahbari tomonlar ikki tomonlama munosabatlardagi «muammoli holatlar»ni hal qiliş ustida işlaşni davom ettirişini qayd etib ötgan.

«AQŞ mamlakatimizda sönggi yillarda diniy erkinlikni ta'minlaş, majburiy va bolalar mehnatiga barham beriş, fuqarolar huquqlarini himoya qiliş va söz erkinligini ta'minlaşda erişilayotgan ijobiy natijalarni yana bir bor e'tirof etdi. Biz kun tartibida turgan va hal etilişi kerak bölgan boşqa masalalar böyiça muloqotni davom ettiramiz», degan vazir.

2 fevral kuni keçqurun Özbekistonga kelgan AQŞ Davlat departamenti delegatsiyasi bugun Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinişi kutilmoqda.

Mintaqa davlatlari taşqi siyosat mahkamalari rahbarlari va AQŞ Davlat kotibi iştirokida «Markaziy Osiyo – AQŞ» («C5+1») şaklidagi vazirlar uçraşuvini kunning ikkinçi yarmida ötkaziş rejalaştirilgan.