«Kötarinki kayfiyatda ötgan tadbirda Özbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatçisi Abdujabbor Abduvohidov, Özbekiston Respublikasi Boş vazirining birinçi örinbosari, Özbekiston boks federatsiyasi raisi Açilbay Ramatov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi prezidenti Rustam Şoabdurahmonov, Özbekiston Respublikasi Prezidentining yoşlar, fan, ta'lim, soğliqni saqlaş, madaniyat va sport masalalari böyiça maslahatçisining birinçi örinbosari, Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi raisi, senator Alişer Sa'dullayev, özbek sporti faxriylari va keng sport jamoatçiligi, jurnalistlar va yuzlab muxlislar iştirok etişdi.

Boksçimiz tantanali kutib olingaç, asosiy tadbir Olimpiya şon-şuhrati muzeyida bölib ötdi. Unda Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov ham iştirok etib, qahramonimizga muhtaram Prezidentimizning tabrigini yölladi.

- Murodjon va uning ota-onasiga, ustozlariga prezidentimiz Şavkat Miromonoviçning tabrigini yöllaşga ijozat bergaysiz. Yurtboşimiz bunday ğalabadan juda ham xursand böldilar. Murodjon, sen professional boksda sakkizinçi jangdayoq ikki yönaliş böyiça çempionlik kamarlarini qölga kiritişdek vazifani uddalagan dunyodagi ikkinçi boksçi bölding. Bunday ajoyib natija bilan seni tabriklayman. Namanganning Çustidan yetişib çiqqan mana şunday sodda va kamtarin inson ummon ortida Özbekiston nomini uluğlab, butun dunyoga öz vataniga bölgan muhabbatini izhor qildi. Bu yil sport jamoatçiligini yana bir muhim sinov kutib turganini yaxşi bilamiz. Işonamanki, Murodjonning mana şunday ğalabasi qolgan sportçilarimizga yaqinlaşib kelayotgan Tokio Olimpiadasida yanada kuç-ğayrat bağişlaydi, – dedi Abdulla Aripov.

Şundan söng Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Murodjon Ahmadaliyevni «Özbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan taqdirlaş haqidagi Farmoni öqib eşittirildi va körsatgan jasorati uçun boksçimizga Prezident sovğalari – Toşkent şahridan 3 xonali uy va «Tracker» avtomobilining kaliti ham topşirildi. Öz navbatida, boksçimiz körsatilayotgan bunday e'tiborni kelajakda oqlaşga va'da berdi va öz oldiga qöygan maqsadlari haqida gapirib ötdi.