Mansabdor şaxs tomonidan xususiy bandlik agentliklari töğrisidagi qonun hujjatlarini buziş BHMning 10 baravaridan 15 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Norma’ning yozişiça, xususiy bandlik agentliklarining mansabdor şaxslari tomonidan quyidagilarga yöl qöyilganda BHMning 15 baravaridan 20 baravarigaça miqdorda jarima solinadi:
faoliyati haqidagi ma'lumotlarni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim etmaslik;
ma'lumotlarni buzib körsatiş yoki ma'lumotlarni taqdim etiş muddatlarini buziş.
Yuqorida aytib ötilgan huquqbuzarliklar ma'muriy jazo qöllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan taqdirda, jarima BHMning 25 baravaridan 30 baravarigaça miqdorni taşkil etadi.
Ma'lumot uçun: xususiy bandlik agentligi – iş qidirayotgan şaxslarga iş tanlaş va işga joylaşiş böyiça, iş beruvçilar uçun kadrlar tanlaş böyiça xizmatlar körsatuvçi, şuningdek işga joylaştiriş sohasida axborot va maslahat xizmatlari körsatuvçi tijorat taşkiloti.
Tuzatişlar 24.04.2020 yildan kuçga kiradi.

















