Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston turizm sohasi eng tez rivojlanayotgan mamlakatlar safiga kirdi
Butunjahon sayyohlik tashkilotining so‘nggi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston turizm sohasi eng jadal sur'atlarda rivojlanayotgan top-20 mamlakat ro‘yxatidan o‘rin olgan
Foto: KUN.UZ
Mamlakat turizm sohasi eng tezkor rivojlanayotgan davlatlar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinda qayd etilgan. Independent nashri shu haqidagi maqolasi bilan bo‘lishdi.
Ushbu ro‘yxatda shuningdek Ozarboyjon hamda Qozog‘iston mamlakatlari ham keltirilgan bo‘lib, ular o‘z o‘rnida 17- va 20-o‘rinlarni egallagan.
Quyida turizm sohasi eng tezkor rivojlanayotgan davlatlar ro‘yxatini ko‘rish mumkin:
1. Myanma (40,2 foiz)
2. Puerto-Riko (31,2 foiz)
3. Eron (27,9 foiz)
4. O‘zbekiston (27,3 foiz)
5. Chernogoriya (21,4 foiz)
6. Misr (21,1 foiz)
7. Vetnam (16,2 foiz)
8. Filippin (15,1 foiz)
9. Maldiv orollari (14,9 foiz)
10. Bagama orollari (14,6 foiz)
11. Qatar (14,5 foiz)
12. Armaniston (14,4 foiz)
12. Janubiy Koreya (14,4 foiz)
13. Turkiya (14,0 foiz)
14. Bosniya va Gersegovina (13,7 foiz)
15. Tunis (13,6 foiz)
16. Laos (11,5 foiz)
17. Ozarboyjon (11,4 foiz)
18. Isroil (10,5 foiz)
19. Litva (10,1 foiz)
20. Qozog‘iston (10,0 foiz).
UNWTO statistika ma'lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda dunyo bo‘ylab xorijiy safarlar 1,5 milliardga yetgan hamda bu ko‘rsatkich 2018 yilga nisbatan to‘rt foiz yuqori natijani qayd etgan. Fransiya 90 milliondan ziyod sayyoh tashrif buyurgan mamlakat sifatida eng yuqori natijani ko‘rsatgan.
Mavzuga oid
18:35 / 09.02.2026
Britaniya turoperatori Pekin - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha lyuks poyezdini yo‘lga qo‘yadi
14:30 / 03.02.2026
Elchixonalarda madaniyat va turizm bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi
20:47 / 30.01.2026
O‘zbekiston mazali taomga ega davlatlar reytingidan tushib ketdi
15:39 / 28.01.2026