29 yanvar kuni prezident topşiriği bilan tuzilgan komissiya tomonidan mamlakatga koronavirusning kirib kelişi va tarqalişini oldini oliş yuzasidan zarur çora-tadbirlar işlab çiqilib, amalga oşirilmoqda. Özbekistondan Xitoyga va Xitoydan Özbekistonga aviaparvozlar vaqtinçalik töxtatildi. Çegara ötkaziş punktlarida xorijdan kirib kelayotgan fuqarolarning salomatligini tekşiriş tizimi yölga qöyildi. Tibbiyot muassasalarida uşbu epidemiyani barvaqt aniqlaş hamda uning tarqalişini oldini oliş borasida zarur çoralar körilmoqda.
«Yangi Özbekiston» naşrida koronavirusning kirib kelişi va tarqalişini oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça respublika maxsus komissiyasining majlisi töğrisida axborot berildi.
«Maxsus komissiyaning joriy yil 3 fevral kuni ötkazilgan navbatdagi yiğilişida kelgusidagi dolzarb vazifalar atrofliça muhokama qilindi.
Özbekiston fuqarolarini Uxan şahri va Xitoyning boşqa hududlaridan olib keliş uçun charter reyslar taşkil etilgan. Uşbu charter reyslarning dastlabkisi 4-5 fevral kunlari amalga oşiriladi.
Mazkur samolyotlarda Özbekistonning Xitoydagi elçixonasi buyurtmasiga asosan mamlakatda qolib, faoliyatini davom ettiriş istagini bildirgan hamyurtlarimizga zarur antiseptik va dezinfeksiya vositalari yetkaziladi hamda bepul beriladi.
Xitoydan vatandoşlarni olib keliş jarayonida barça sanitariya-epidemiologiya talablariga qatiy rioya qilinadi, yölovçilarning har biri şifokorlar nazorati ostida böladi.
Koronavirusning Özbekistonga kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş, qulay sanitariya-epidemiologik holatni ta'minlaş hamda aholi salomatligini muhofaza qiliş maqsadida Xitoydan olib kelinadigan vatandoşlarimiz Toşkent şahri va Toşkent viloyatida tayyorlangan maxsus tibbiyot muassasasiga joylaştiriladi.
Mazkur muassasalar töliq karantin talablari asosida jihozlangan. Xususan, koronavirus diagnostikasi vositalarining zarur zaxiralari yaratilgan, kerakli dori hamda dezinfeksiya vositalari, uskunalar, sarflaş materiallari, şuningdek, şaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlangan. Sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan Uxan şahri va Xitoyning boşqa hududlaridan olib kelingan fuqarolar alohida nazorat ostida bölib, muntazam tibbiy tekşiruvlardan ötkaziladi.
Şuningdek, mazkur tibbiyot muassasalarida barça kerakli maişiy vositalar va zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlanadi.


















