YeI Falastinning bosib olingan hududlarini Isroilniki deb tan olish to‘g‘risidagi AQShning taklifini qabul qilmadi

Foto: AP Photo/Ariel Schalit, arxiv
Yevroittifoq Yaqin Sharqdagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha tashabbus doirasida Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘idagi Isroil tomonidan bosib olingan Falastin hududlarini tan olish to‘g‘risidagi AQShning taklifini qabul qilmaydi. Bu haqda YeIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrelning bayonotida ma'lum qilindi.
"Biz AQShning Iordan vodiysi va G‘arbiy sohildagi boshqa hududlarning anneksiyasi ehtimoli to‘g‘risidagi bayonotlaridan xavotirdamiz. Xalqaro me'yorlar va BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalariga muvofiq, YeI Isroilning 1967 yildan keyin bosib olingan hududlar ustidan suverenitetini tan olmaydi", - deyiladi bayonotda.
28 yanvarda AQSh prezidenti Donald Tramp Falastin-Isroil mojarosini hal qilishga qaratilgan rejasini e'lon qildi. Ushbu rejadan Falastin hududida qurilgan yahudiy aholi maskanlarini Isroilniki deb tan olish, Quddusni Isroilning "bo‘linmas" poytaxti, Sharqiy Quddusni esa Falastin poytaxtiga aylantirish taklifi ham o‘rin olgandi.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi, Falastin yetakchisi Mahmud Abbos esa qat'iyan rad etdi.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent, Jizzax va Samarqandda uglerod xomashyosini ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 11:42
-
«AQSh eng kuchli harbiy uskunalarni ishlab chiqaradi va Isroilda ular juda ko‘p» – Tramp Eronga tahdid qildi
Jahon | 11:39
-
JSST Sudandagi bolalar uchun ocharchilik tahdidi haqida ogohlantirdi
Jahon | 11:21
-
Rekord yangilandi: avtoraqam 1,6 mlrd so‘mga sotildi
O‘zbekiston | 11:15
Mavzuga oid

11:39
«AQSh eng kuchli harbiy uskunalarni ishlab chiqaradi va Isroilda ular juda ko‘p» – Tramp Eronga tahdid qildi

11:03
Isroil – Eron urushi: bu gal jiddiymi?

10:31
Isroil Eronga hujum chog‘ida 200 ta samolyotdan birontasini ham yo‘qotmadi

10:27