Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston TIV Britaniyaning YeIdan chiqishi munosabati bilan maxsus axborot berdi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Buyuk Britaniyaning Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqishi munosabati bilan maxsus axborot berdi
Foto: EPA/Scanpix
Yevropa ittifoqining rasman bildirishicha, Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishi munosabati bilan Yevroittifoq qonunchiligi hamda uchinchi davlatlar bilan tuzilgan xalqaro shartnomalar Buyuk Britaniyaga nisbatan o‘tish davri mobaynida (2020 yilning 1 fevralidan 31 dekabrigacha) avvalgidek kuchda qoladi.
TIV xabariga ko‘ra, O‘zbekiston o‘tish davri yakunlanguncha Buyuk Britaniyani O‘zbekiston Respublikasi va Yevroittifoq o‘rtasida imzolangan barcha xalqaro shartnomalarni, jumladan 1996 yil 21 iyundagi Sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni bajarish nuqtai nazaridan YeIning a'zo davlati sifatida biladi.
Eslatib o‘tamiz, 31 yanvardan 1 fevralga o‘tar kechasi, breksit bo‘yicha referendum o‘tkazilganidan 188 hafta o‘tib Britaniya Yevropa ittifoqini tark etdi. London va Bryusselda bunga tayyorgarlik ko‘rildi, Boris Jonson britanlarga «milliy uyg‘onish»ni va'da qildi.
Mavzuga oid
13:30 / 16.03.2026
Yanvarda 1,1 mingdan ziyod o‘zbekistonlik Buyuk Britaniya tomon yo‘l oldi
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
18:02 / 10.03.2026
Britaniyalik 10 ming nafar yozuvchi matnsiz kitob chiqardi
15:19 / 06.03.2026