Özbekiston Respublikasi prezidenti “Qişki sport turlarini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Özbekistonda qişki sport turlarini 2020–2023 yillarda rivojlantiriş dasturi tasdiqlandi.

Quyidagilar Dasturni moliyalaştiriş manbalari etib belgilandi:

Investitsiya dasturi doirasida nazarda tutiladigan mablağlar;

sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutiladigan Davlat budjeti mablağlari;

Qoraqalpoğiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar, Toşkent şahar mahalliy budjetlari, jamğarmalar, sport federatsiyalari (uyuşmalari), klublari, xorijiy investorlar, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari mablağlari;

yuridik va jismoniy şaxslarning homiylik xayriyalari;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar.

2023 yil 1 yanvarga qadar Qişki sport turlari assotsiatsiyasi, Xokkey federatsiyasi, ularning hududiy bölinmalari, qişki sport turlari böyiça professional klublari va nodavlat bolalar sport maktablari:

mol-mulk soliği hamda jalb qilingan xorijiy sportçilar va mutaxassislarning daromadlariga ijtimoiy soliq stavkalarini 50 foizga kamaytirilgan holda tölaydi;

qişki sport turlari böyiça sport obektlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş uçun zarur bölgan, belgilangan tartibda şakllantiriladigan röyxatlar böyiça olib kelinadigan Özbekistonda işlab çiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari, inventarlari va maxsus professional sport kiyimlari, transport vositalari, şu jumladan, maxsus transport vositalarini olib kirganlik uçun bojxona boji tölaşdan ozod qilinadi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining:

2020 – 2023 yillarda davlat-xususiy şeriklik şartlari asosida hududlarda xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy sport asbob-uskunalari bilan jihozlangan yengil konstruksiyali yopiq muz qoplamali maydonlarni quriş;

qişki sport turlari böyiça xorijiy mutaxassis va trenerlarni işga jalb qiliş hamda ularni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş maqsadida belgilangan tartibda xizmat uylari sifatida uy-joy ajratiş töğrisidagi takliflari ma'qullandi.