Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Ozodlikdan mahrum etiş jazosini ötayotgan, qilmişiga çin köngildan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga qat'iy ötgan bir guruh şaxslarni afv etiş töğrisida»gi farmonni imzoladi.
Farmonga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, hozirgi vaqtda qilmişiga çin köngildan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga qat'iy ötgan jazo muddatini ötayotgan 58 nafar fuqaro afv etildi.
Afv etilgan şaxslarning 41 nafari jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilinadi, 3 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almaştiriladi, bir söz bilan aytganda, 44 nafar şaxs jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod qilinmoqda. Şuningdek, 14 nafar şaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etiş jazosining muddatlari qisqartiriladi.
Afv etilganlarning 2 nafari ayollardir.
Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan şaxslarni oilasi va yaqinlari bağriga qaytariş, ijtimoiy hayotga moslaşib, foydali mehnat bilan şuğullanişlari, soğlom turmuş tarzini yölga qöyib, jamiyatda munosib örin topişlari uçun ularga kömak beriş yuzasidan mas'ul vazirlik va idoralarga tegişli topşiriqlar berildi.
«Bu voqea yurtimizda olib borilayotgan insonparvarlik siyosatining, xalqimizga xos bağrikenglik, keçirimli böliş, olijanoblik va mehr-muruvvat körsatiş kabi ezgu fazilatlar namoyon bölganligining amaliy ifodasidir.
Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan şaxslarni oilasi va yaqinlari bağriga qaytariş, ijtimoiy hayotga moslaşib, foydali mehnat bilan şuğullanişlari, soğlom turmuş tarzini yölga qöyib, jamiyatda munosib örin topişlari uçun ularga kömak beriş yuzasidan mas'ul vazirlik va idoralarga tegişli topşiriqlar berildi», deyiladi prezident matbuot xizmatida keltirilgan şarhda.

















